http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

"Olmaliq KMK" AJ 2019 yil I choragi natijalari

 "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmurodovich

"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2019 yil I choragi davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:

joriy narxlarda 104,0% ga;

solishtirma narxlarda 104,1% ga.

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2018 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 129,3 % tashkil etdi.

Mis rudasini qazib olish topshiriqga nisbatan 100,9%, mis mahsulotlari ishlab chiqarish 102,3 % shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 101,1%, rux metalli 127,6% shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,2%,  sul'fat kislotasi 95,5 %, molibden uch okisi 105,2%, volfram uch oksidi 81,4%,  affinajlangan oltin 100,1 % va affinajlangan kumush 100,6 %.

2019 yil I choragida eksport qilingan mahsulotlar 132,7% ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan istiqbol bo’yicha 1 532,2 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Undan 2019 yil kapital qo’yilmasining umumiy qiymati 1 524,1 mlrd. so’mlik loyihadan “Uch-Kulach konini o’zlashtirish” (8,4 mlrd. so’m) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2018 yildagi PQ-4077-sonli qaroriga muofiq to’xtatib qo’yildi.

shu jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 752,6 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 730,8 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 40,7 mlrd. so’m.

2019 yil I choragi davomida amalda 404,7 mlrd so’m (145,0%) invistitsiya o’zlashtirildi, jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 115,9 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 274,9 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 13,9 mlrd. so’m.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 48,3 mld so`mlik 59 ta loyihani amalga oshirmoqda.

2019 yil I choragi davomida qiymati 17,5 mlrd. so`mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 188,8% erishildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-2298-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlarini bajarish ko'zda tutilgan va 2019 yil uchun tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish 29,5 mln. dollarga amalga oshirish mo’ljallangan.

2019 yil I choragi uchun 7,6 mln. dollar yoki istiqbolga nisbatan 108,6%ga bajarilgan.

2019 yil I choragida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlab chiqarish tannarxini 154,2 mlrd. so'mga yoki 3,1% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

2019 yil I choragida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishi natijasi kutilgan natija 37,1 mlrd. so'm yoki 3,3%, ga topshiriqqa nisbatan, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini - 36,6 mlrd. so'mga yoki 3,3% ni tashkil etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2019 yilda qiymati 14 911,6 ming dollarlik 222 ta texnologik jihozlarni almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2019 yil I choragida qiymati 73,97 ming dollarlik 12 ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.04.2019 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik 715,2 mlrd. so’m,  muddati o`tgan qarzdorlik 49,6 mlrd. so`m, kreditorlki qarzdorlik esa 939,8 mlrd. so`mni tashkil etadi.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

2019 yil uchun "Olmaliq KMK" AJda yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, 2019 yil I choragida ularni bajarish hisobiga kutilayotgan ko`rsatkichlar quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 12,3 mln kVt/s; 
  • yoqilg’i – 3,3 mln m³;
  • Issiqlik energiyasi manbaalarini 6,1 mlrd. so`mga iqtisod qilindi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 1422 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 678 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 472 kishi, shu jumladan 165 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 13.04.2015 yildagi 20a-sonli bayonot yig'ilishining qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJga 6 ta kasb-hunar kolleji biriktirildi:

2019 yil I choragida kombinat tarkibiy bo’limlarida 801 nafar talaba ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashmoqda:

Olmaliq konchilik kasb-hunar kollejidan 761 nafar;

Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejidan 40 nafar.

2018-2019 o’quv yilida biriktirilgan kasb-hunar kolleji o’quvchilarnining umumiy soni 2946 nafarni tashkil qiladi.

“Olmaliq KMK” AJ uchta O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi, shulardan:

1. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;

2. Navoiy davlat konchilik instituti;

3. “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti.

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida 364 nafar mutaxassisni tayyorlashmoqda, jumladan:

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialida 204 nafar talaba o’qimoqda, ulardan 82 nafari sirtqi bo’limda, 120 nafari kechki bo’limdan va 2 nafari kunduzgi bo’limdan taxsil olishmoqda.

Navoiy davlat konchilik institutida 20 ta talaba taxsil olmoqda.

2018-2019 o’quv yilida “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetida 140 nafar talaba o’qimoqda, shulardan 111 kishi bakalavr, 20 kishi magistr, 14 kishi sirtqi bo’limda, “MISiS” MTTU OF 9 kishi kombinat hisobidan taxsil olishmoqda.

Hisobot davrida 187 nafar kasb-hunar kollejlari va 69 nafar Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" da 37 ta tadbir ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2019 yil I choragida 234,9 mlrd. so’mlik tadbirlar amalga oshirildi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil qilindi va ijro intizomi tanqidiy tahlilini va tizim xolatini tartibi o’rnatildi.

Joriy davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlah va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda   bajarilish xolatini o’rganish ishlari olib borildi.

O’z qarorlarini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni tizimli ishlar olib borilmoqda.

2019 yil yanvar-mart oylarida “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 243 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i - 18 ta (5ta Farmon, 10ta Qaror, 1ta Farmoyish, 3ta boyonot topshiriq), 31ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i, 185ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari (21ta Qaror, 9ta Farmoyish, 17ta bayonot, 81ta Bosh vazir va uning o’rinbasarlarining topshiriqlari, 57 ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.

O`bekiston Repsublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan aktlari (44ta) bo’yicha umumiy hisobda 29 ta hujjat, shu jumladan 20 ta buyruq, 1 ta boshqaruv qarorlari, 8 ta kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2019 yil I choragida jami 1025 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 318 ta yozma va 487 ta og’zaki, 220 ta elektron manzil orqali kelib tushgan murojaatlar. 256 ta ariza bo`yicha chora ko`rildi, 590 ta ariza bo`yicha tushuntirildi, 156 ta ariza ko`rib chiqilmoqda va 23 tasi rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 221 Kb)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech