http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

2015 yil 9 oyi natijalari

Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2014 yilning tegishli davriga nisbatan qiyosiy narxlarda 107,8% tashkil etdi.

Mis rudasini qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 101,4%, mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 102,7%, o’sish sur'ati 103,1%, mis mahsuloti ishlab chiqarish esa 102,7%, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,1% tashkil etdi, rux metali 100,8%, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 102,8%, affinajlangan oltin 100,2% va affinajlangan kumush 100,3% tashkil etdi.

Geologiya-qidiruv ishlari dasturiga binoan 2015 yilning 9 oyida asosiy jismoniy hajmlar bajarilishi quyidagilarni tashkil etdi: yer osti lahmlarini o’tish - rejaga nisbatan 105,2% (o’sish sur'ati 124,8%), kalonkali quduqlarni burg’ulash 105,2% (o’sish sur'ati 124,8%) zovur kovlab borish – 100,5% (o’sish sur'ati 117,3%), 16,5 mlrd. so’m o’zlashtirildi (o’sish sur'ati 113,9%).

2015 yilning 9 oyida yilida eksportga mahsulot chiqarish 89,3%, mis mahsulotlari 107,8% tashkil etdi.

"Uzb RTSB" OAJ birja savdolari orqali mis mahsuloti sotish rejaga nisbatan 101,3%, rux metalli 100,3% bajarildi.

Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat xalq iste'moli mollari ishlab chiqish topshiriqqa nisbatan 101,2%, o’sish sur'ati 101,6% tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2014 yildagi 2264-PQ-sonli qaroriga binoan 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 464,5 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2015 yilning 9 oyida o’zlashtirish 144,9 mlrd. so’m yoki istiqbolga nisbatan 10115 % tashkil etdi.

Mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi: 

Nomlanishi Reja
(mln. so’m)
Amalda
(mln. so’m)
% bajarildi  
1 Mis eritish zavodida Yangi eritish o'chog’ini qurish 34595,8 36333,9 105,0 
2 Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho'q" yer osti uchastkasini qurish 23506,9 24132,5 102,7
"Qalmoqqir" koni balansorti ma'danlarini ishlashga jalb etish 1431,2 1496,7 104,6
Mis boyitish fabrikasi maydalash va yanchish bo’linmasini rekonstruksiya qilish (qayta ta'mirlash) 51836,2 52079,4 100,5
Jizzax viloyatida sement zavodini kegaytirish 13672,2  14177,5 103,7
6   MTMZ quyish va mexanika-yig’uv sexini rekonstruksiya qilish  1893,7  -
Eskirgan jihozlar o’rniga yangi jihoz, uskunalar xarid qilish 16356,2 16635,6 101,7
  JAMI  43458,8 43669,9 101,7

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda Tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliyilashtirish dasturi to’g’risidagi" 2298-PQ-sonli qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 67,0 mlrd. so’m bo’lgan 27 loyihani amalga oshirmoqda, 2015 yilning 9 oyida qiymati 51,3 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi yoki istiqbolga nisbatan 119% tashkil etdi. 

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 118,9 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 101 ta shartnoma tuzildi.

2015 yilning 9 oyida qiymati 90,0 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,7 % butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.07.2014 yildagi 2200-PQ-sonli qaroriga muvofiq "Olmaliq KMK" AJ davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2015 yildagi "Sanoatda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2015 yilda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi, ushbu chora-tadbirlar majmuida mahsulot tannarxini 7,2 % ga pasaytirish ko’zda tutilgan.

Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija 167,4 mlrd. so’m yoki 11,8% topshiriqqa nisbatan 6,6%, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish – 158,0 mlrd. so’m. yoki 11,1% topshiriqqa nisbatan 5,3% tashkil etadi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.10.2015 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik xosil bo’lmagan holda 106,3 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa -148,5 mlrd so’m, muddati o’tgan kreditorlik qarzdorlik mavjud emas.

Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmaliq KMK" AJ da 2015 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlari 2015 yilning 9 oyida quyidagilarni tashkil etdi:

- eng yuqori soatlarda yuklamalarni kamaytirish - 97 MVt;
- elektrenergiyasi - 85,2 mln. kVt/s; 
- yoqilg’i - 16,7 mln. m³;
- issiqlik energiyasi - 10,5 ming. Gkal.
YOER iqtisod qilish - umumiy qiymati 18,5 mlrd. so’m.

Dasturga binoan 2015 yilda 251 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 169 ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

2015 yilning 9 oyida sohani rivojlantirish bo’yicha 198 yangi ish o’rni yaratildi yoki istiqbolga nisbatan 117,2 % tashkil etdi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 3192 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 1508 muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadi.

To’lov-shartnoma asosida 105 kishi o’qimoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 884,0 mln. so’mni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan oltita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda.

2015 yilning 9 oyida kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 1746 nafar II-kurs o’quvchilari va 1502 nafar bitiruvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o’tadi.

2015 yilning 9 oyida "Olmaliq KMK" AJ biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 902 nafari ishga joylashtirildi.

"Olmaliq KMK" AJ da ma'naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni modernizasiyalash va zamonaviy va jahon miqyosida sinalgan yangi uskunalarga almashtirish bo’yicha loyihalar jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu loyihalar jadvalida umumiy qiymati 6,7 mln. doll tashkil etuvchi 27 ta uskunalarni yangilash ko’zda tutilgan. 2015 yilning 9 oyida qiymati 1,9 mln. doll. tashkil etuvchi 19 ta uskuna almashtiildi.

"Olmaliq KMK" AJ da energiyaning alternativ manbaalaridan foydalanishni kenagaytirish chora-tadbirlari bajarilmoqda. "Angren quvur zavodi" UK va Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkida geliyli qurilmalarni joriy etish tarmoq jadvali tasdiqlangan. 2015 yil iyun oyida geliyli qurilmalar ishga tushirildi, qo’shimcha ravishda 56 ta leliokollektor o’rnatildi.

Kombinatda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar bajarilmoqda. Chora-tadbirlarda UVU qatnashchilari va ishlamayotgan pensionerlarga moddiy yordam ko’rsatish, ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilariga oziq-ovqat mahsulotlari majmui ajratish, reabilitasiya uchun yordamchi texnik vositalar xarid qilish, sanatoriy va profilaktoriylarda ularni sog’lomlashtirishni tashkil etish va boshqa tadbirlar uchun 4,3 mlrd. so’m sarflanishi ko’zda tutilgan. 2015 yilning 9 oyida belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun sarf-harajatlar miqdori 3,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.

Kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloqxo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida 2015 yilning 9 oyida:

- Qishloq xo’jaligi mahsulotlari - 1828,5 t.
- Go’sht mahsuloti - 35,4 t.
- Sutli mahsulotlar - 1495,6 t. 
- Mevalar – 15,3 tonna yetkazib berildi.

O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan xolda bayonnomalar tuziladi.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

Kombinatda mehnatkashlarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. 2015 yilning 9 oyida 114 ta yozma arizalar va 17 ta og’zaki arizalar kelib tushgan. 25 ta ariza bo’yicha chora ko’rildi, 104 ta ariza bo’yicha tushuntirildi, 2 ta ariza ko’rib chiqilmoqda.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish va davolanish.

 Yuklab olish (Format - PDF, hajmi - 102 KB)

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech