http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

"Olmaliq KMK" AJ 2019 yil I yarim yillik ishlari natijalari

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2018 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 128,7 % tashkil etdi.

Mis rudasini qazib olish topshiriqga nisbatan 100,7%, mis mahsulotlari ishlab chiqarish 106,0 % shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,6%, rux metalli 114,2% shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,6%,  sul'fat kislotasi 101,5 %, molibden uch okisi 73,6%, volfram uch oksidi 91,0%,  affinajlangan oltin 104,2 % va affinajlangan kumush 121,8 %, portlandsement 100,5 % ga bajarildi.

2019 yil I yarim yilligida eksport qilingan mahsulotlar 107,3% ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan istiqbol bo’yicha 1 532,2 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan “Uch-Quloch konini o’zlashtirish” loyixasi (8,4 mlrd. so’m) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2018 yildagi PQ-4077-sonli qaroriga muofiq to’xtatib qo’yildi va 2019 yil kapital qo’yilmasining umumiy qiymati 1 523,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.

shu jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 747,0 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 736,2 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 40,7 mlrd. so’m.

2019 yil I yarim yilligi davomida amalda 956,3 mlrd so’m (187,9 %) investitsiya o’zlashtirildi, jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 334,3 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 588,9 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 33,0 mlrd. so’m.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 48,3 mld so`mlik 59 ta loyihani amalga oshirmoqda.

2019 yil I yarim yilligi davomida qiymati 37,1 mlrd. so`mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 189,1% ga erishildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-2298-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlarini bajarish ko'zda tutilgan va 2019 yil uchun tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish 29,6 mln. dollarga amalga oshirish mo’ljallangan.

2019 yil I yarim yilligi uchun 14,8 mln. dollar yoki istiqbolga nisbatan 100,4%ga bajarilgan.

2019 yilda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlab chiqarish tannarxini 154,2 mlrd. so'mga yoki 3,1% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

2019 yil I yarim yilligida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishi natijasi kutilgan natijaga nisbatan 76,1 mlrd. so'm yoki 3,3% ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini - 109,9 mlrd. so'mga yoki 4,7% ni tashkil etdi. Vazifa 102,8 % ga bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2019 yilda qiymati 14 911,6 ming dollarlik 222 ta texnologik jihozlarni almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2019 yil I yarim yilligida qiymati 251,6 ming dollarlik 26 ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

2019 yil uchun "Olmaliq KMK" AJda yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, 2019 yil I yarim yilligida ularni bajarish hisobiga kutilayotgan ko`rsatkichlar quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 27,4 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i – 8,4 m³;
  • issiqlik energiyasi manbaalarini 14,1 mlrd. so`mga iqtisod qilindi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 3056 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 1330 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 985 kishi, shu jumladan 277 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 13.04.2015 yildagi 20a-sonli bayonot yig'ilishining qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJga 6 ta kasb-hunar kolleji biriktirilgan:

2019 yil I choragida kombinat tarkibiy bo’limlarida 801 nafar talaba ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashmoqda:

Olmaliq konchilik kasb-hunar kollejidan 761 nafar;

Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejidan 40 nafar.

Kasdb-hunar kollejlarining 1696 nafar bitiruvchilari diplom oldi amaliyotlarini kombinatning tarkibiy korxonalarida o`tamoqdalar.

2018-2019 o’quv yilida biriktirilgan kasb-hunar kollejlari o’quvchilarnining umumiy soni 3859 nafarni tashkil qiladi.

“Olmaliq KMK” AJ uchta O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi, shulardan:

  1. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;
  2. Navoiy davlat konchilik instituti;
  3. Rossiya federatsiyasining “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti.

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida 364 nafar mutaxassisni tayyorlashmoqda, jumladan:

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialida 204 nafar talaba o’qimoqda, ulardan 82 nafari sirtqi bo’limda, 120 nafari kechki bo’limdan va 2 nafari kunduzgi bo’limdan taxsil olishmoqda.

Navoiy davlat konchilik institutida 20 ta talaba taxsil olmoqda.

2018-2019 o’quv yilida “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universitetida 140 nafar talaba o’qimoqda, shulardan 111 kishi bakalavr, 20 kishi magistr, 14 kishi sirtqi bo’limda, “misis” mttu of 9 kishi kombinat hisobidan taxsil olishmoqda.

Hisobot davrida 588 nafar kasb-hunar kollejlari va 163 nafar Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" da 37 ta tadbir ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2019 yil I yarim yilligida 5,6 mlrd. so’mlik tadbirlar amalga oshirildi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil qilindi va ijro intizomi holatining tanqidiy tahlilini va tizim tartibi o’rnatildi.

Joriy davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlah va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda   bajarilish holatini o’rganish ishlari olib borildi. Kombinatning ish rejasiga muvofiq tahliliy ma'lumotnomalar bilan rasmiylashtirilgan bayonnomalar tuziladi.

Qarorlar ijrosini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2019 yilning yanvar-iyun oylarida “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 431 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i - 40 ta (11ta Farmon, 19ta Qaror, 1ta Farmoyish, 9ta bayonot topshirig`i), 63ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i, 328ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari (31ta Qaror, 14ta Farmoyish, 34ta bayonot, 138ta Bosh vazir va uning o’rinbosar va maslaxatchilarining topshiriqlari, 111ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2019 yil I yarim yilligida jami 1784 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 588 ta yozma va 814 ta og’zaki, 392 ta elektron manzil orqali kelib tushgan murojaatlar. 584 ta ariza bo`yicha choralar ko`rildi, 1076 ta ariza bo`yicha tushuntirildi, 86 ta ariza ko`rib chiqilmoqda va 48 tasi rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech