http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

2015 yil yakunlari sarhisobi

Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2014 yilning tegishli davriga nisbatan qiyosiy narxlarda 107,5% tashkil etdi.

Mis rudasini qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 101,1%, mis mahsuloti ishlab chiqarish esa 106,2%, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,1% tashkil etdi, rux metalli 110,7%, sulfat kislotasi 106,3%, affinajlangan oltin 100,3% va affinajlangan kumush 100,3% tashkil etdi.

Geologiya-qidiruv ishlari dasturiga binoan 2015 yilda asosiy jismoniy hajmlar bajarilishi quyidagilarni tashkil etdi: yer osti lahmlarini o’tish - rejaga nisbatan 103,5% (o’sish sur'ati 104,7%), kalonkali quduqlarni burg’ulash 102,8% (o’sish sur'ati 118,1%) zovur kovlab borish 100,5%, 25,1 mlrd. so’m o’zlashtirildi (o’sish sur'ati 126,5%).

Eksportga mahsulot chiqarish 101,4%, mis mahsulotlari 101,6% tashkil etdi.

2015 yilda "Uz RTSB" AJ birja savdolari orqali mis mahsuloti sotish rejaga nisbatan 101,2%, rux metalli rejaga nisbatan 100,0%, rux kukuni 100% bajarildi.

Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat xalq iste'moli mollari ishlab chiqish topshiriqqa nisbatan 101,6%, o’sish sur'ati 100,9% tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2014 yildagi 2264-PQ-sonli qaroriga binoan loyihalar amalga oshirilmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 390,0 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2015 yilda o’zlashtirish 405,3 mlrd. so’m yoki istiqbolga nisbatan 103,9 % tashkil etdi, mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi: 

Nomlanishi Reja
(mln. so’m)
Amalda
(mln. so’m)
Bajarildi % (mln. so’m) 
1 Mis eritish zavodida Yangi eritish o'chog’ini qurish 138 023 138 556 100,4
2 Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho'q" yer osti uchastkasini qurish 39 434 39 688 100,6
"Qalmoqqir" koni balansorti ma'danlarini ishlashga jalb etish 34 016 34 19 100,5
Mis boyitish fabrikasi maydalash va yanchish bo’linmasini rekonstruksiya qilish (qayta ta'mirlash) 93 148 105 601 113,4
Jizzax viloyatida sement zavodini kegaytirish 64 914 66 494 102,4
Eskirgan jihozlar o’rniga yangi jihoz, uskunalar xarid qilish 20 445 20 809 101,8
  JAMI  389 979 405 343 103,9

"Olmaliq KMK" AJ da ma'naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni modernizasiyalash va zamonaviy va jahon miqyosida sinalgan yangi uskunalarga almashtirish bo’yicha loyihalar jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu loyihalar jadvalida 27 ta uskunalarni yangilash ko’zda tutilgan. 2015 yilda 28 ta uskuna almashtiildi.

"Olmaliq KMK" AJ da energiyaning alternativ manbaalaridan foydalanishni kenagaytirish chora-tadbirlari bajarilmoqda. "Angren quvur zavodi" UK va Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkida geliyli qurilmalarni joriy etish tarmoq jadvali tasdiqlangan. 2015 yil iyun oyida geliyli qurilmalar ishga tushirildi, qo’shimcha ravishda 56 ta leliokollektor o’rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliyilashtirish dasturi to’g’risidagi" PQ2298-sonli qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJ 27 loyihani amalga oshirmoqda. 2015 yilda qiymati 69,8 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi yoki istiqbolga nisbatan 104,2% tashkil etdi. 

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 118,9 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 101 ta shartnoma tuzildi.

2015 yilda qiymati 118,9 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,0 % butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.07.2014 yildagi PQ 2200-sonli qaroriga muvofiq "Olmaliq KMK" AJ davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2015 yildagi "Sanoatda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi VM 8-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2015 yilda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi, ushbu chora-tadbirlar majmuida mahsulot tannarxini 7,2 % ga pasaytirish ko’zda tutilgan.

2015 yilda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija 263,9 mlrd. so’m yoki 13,5% topshiriqqa nisbatan 7,2%, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish – 255,2 mlrd. so’m yoki 13,1% topshiriqqa nisbatan 5,7% tashkil etadi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.01.2016 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik xosil bo’lmagan holda 106,1 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa -148,3 mlrd so’m, muddati o’tgan kreditorlik qarzdorlik 3,5 mlrd. so'm.

Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmaliq KMK" AJ da 2015 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlar quyidagilarni tashkil etdi:

  • eng yuqori soatlarda yuklamalarni kamaytirish - 127 MVt;
  • elektrenergiyasi - 116,5 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i - 26,0 mln. m³;
  • issiqlik energiyasi - 10,5 ming. Gkal.

YOER iqtisod qilish - umumiy qiymati 26,0 mlrd. so’m.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korparativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi  PF-4720-sonli qaroriga binoan,  kombinat tomonidan qarori ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lib, oddiy aksiyalarining yagona egasidir. "Olmaliq KMK" AJ 2015 yil 12 iyunidagi №7  farmoyishga asosan  boshqaruvning yangi tizimi joriy etilgan.

Rahbarlar, mutaxasislar va boshqa xizmatchilarning lavozim ro’yxatlari va ishchi-xodimlar o’rinlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 iyundagi  №164-sonli qarori asosida tasdiqlangan asosiy xizmatchilar, ishchilar kasblari yangilangan klassifikatoriga mos holga keltirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Biznes maktabi tomonidan korparativ boshqaruvning xalqaro  talablari va standartlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarida boshqarma personallari tayyorlash va  malakalarini oshirishdi. Menedjement va Marketing yo’nalishi bo’yicha 3 nafar xodim malakasi oshirildi.

Dasturga binoan 2015 yilda 251 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 169 ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

2015 yilda 252 ta yangi ish joylari yaratildi, sohani rivojlantirish bo’yicha 216 ta yangi ish o’rni yoki istiqbolga nisbatan 100,5 % hamda investision dasturga binoan 36 ta ish o'rni tashkil etildi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 3908 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 4066 kishi o'qitildi, 1892 muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadi.

To’lov-shartnoma asosida 105 kishi o’qimoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 989,0 mln. so’mni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan oltita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda.

2015 yil davomida kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 1746 nafar II-kurs o’quvchilari va 1502 nafar bitiruvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o’tadi. Oliy o'quv yurtlarining 879 nafar talaba ishlab chiqarish amaliyotini o’tadi.

2015 yilda "Olmaliq KMK" AJ biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 1052 nafari ishga joylashtirildi.

Kombinatda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar bajarilmoqda. Chora-tadbirlarda UVU qatnashchilari va ishlamayotgan pensionerlarga moddiy yordam ko’rsatish, ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilariga oziq-ovqat mahsulotlari majmui ajratish, reabilitasiya uchun yordamchi texnik vositalar xarid qilish, sanatoriy va profilaktoriylarda ularni sog’lomlashtirishni tashkil etish va boshqa tadbirlar uchun 4,3 mlrd. so’m sarflanishi ko’zda tutilgan. 2015 yilda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun sarf-harajatlar miqdori 5,1 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2015 yilda kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida:

  • Qishloq xo’jaligi mahsulotlari - 5025,3 t.
  • Go’sht mahsuloti - 95,9 t.
  • Sutli mahsulotlar - 1995,4 t. 
  • Mevalar – 117 tonna yetkazib berildi.

O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan xolda bayonnomalar tuziladi.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

Kombinatda mehnatkashlarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. 2015 yil davomida 152 ta yozma va 17 ta og’zaki arizalar kelib tushgan. 33 ta ariza bo’yicha chora ko’rildi, 138 ta ariza bo’yicha tushuntirildi, 2 ta ariza ko’rib chiqilmoqda.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari.

 Yuklab olish (Format - PDF, hajmi - 167 Kb) 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech