http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

CHEREMENSKIY SERGEY ALEKSANDROVICH

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - MM va SX bo'limi boshlig'i

Telefon: (+998 70) 619-24-64

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: Har seshanba soat 16:00 da 

Tarjimai holi:

1956 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1984 yilda  Toshkent Politexnika institutini tugatgan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi - kon ishlari elektrifikasiyasi va avtomatizasiyasi.1989 yilda  Leningrad konchilik institutini tugatgan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi - foydali qazilmalarni boyitish.

Mehnat  faoliyati

1974-1974  y.y. - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Rux zavodi energosexining elektr jihozlarni ta'mirlash bo’yicha elektromonteri

1975-1977 y.y. - Armiya xizmati

1977-1977 y.y. - "Madaniy-maishiy muassasa"elektrigi

1977-1979 y.y. - "Olmaliq TMK" Markaziy avtomatizasiya laboratoriyasi laborant-radiometristi

1979-1982 y.y. - "Olmaliq TMK" Markaziy tahlil laboratoriyasi laborant-radiometristi

1982-1984 y.y. - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Mis boyitish fabrikasi filtrasiyalash va quritish uchastkasining nazorat-o’lchov priborlari va avtomatikasi bo’yicha chilangar

1984-1988 y.y. - "Olmaliq TMK" Mis boyitish fabrikasi texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari xizmati ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’limi boshlig’i

1988-1995 y.y. - "Olmaliq TMK" Mis boyitish fabrikasi texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari xizmati bosh muhandisi o’rinbosari, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bo’limi boshlig’i

1995-1997 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ bosh muhandisi o’rinbosari - Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’limi boshlig’i

1997-2005 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Mis boyitish fabrikasi  texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bo’yicha  bosh muhandis o’rinbosari

2005-2006 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Ishlab chiqarish bo’yicha texnik direktor o’rinbosari v.b.

2006-2007 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ ishlab chiqarish bo’yicha texnik direktor o’rinbosari

2007-2011 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Ishlab chiqarish bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari

2011- 2015 y.y. - "Olmaliq KMK" AJ Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha  bosh muhandis o’rinbosari - Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’limi boshlig’i

2015 y.-  h/v -  "Olmaliq KMK" AJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha  bosh muhandis o’rinbosari - Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’i

Vazifalari:

  • Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish;
  • Jamiyat ishchilari tomonidan xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazoratni,  ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni kamaytirishga yo’naltirilgan xavfsiz ish usullariga ishchilarni o’rgatishni tashkil etish;
  • Mehnat sharoitlari va jihozlarning jarohatlash xavfsizligi bo’yicha ishchi o’rinlarni davriy attestasiyadan o’tkazilishini tashkil etish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech