http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

YAKIBOV SHERZOD GAPURJANOVICH 

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari v.b. - MM va SX bo'limi boshlig'i

Telefon: (0 370 ) 619-24-64

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: Har seshanba soat 16:00 da 

Tarjimai holi:

1979 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 2007 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi - metallurgiya.

Mehnat  faoliyati

1997-1998 yy. – “Toshkent non shahri” AJ tegirmonida o’rovchi-apparatchi

1998-2001 yy. – “Olmaliq non” AJ da taxlovchi

2001-2006 yy. – “Ohangarondon” OAJ elevator bo’limi smena ustasi, yem-xashak sexi apparatchisi

2006-2010 yy. – “Olmaliq KMK” OAJ Rux zavodi sulfat kislota sexi 4-toifali kontakt sulfat kislotasi ishlab chiqarish apparatchisi

2010-2011 yy. – “Olmaliq KMK” OAJ Rux zavodi sulfat kislota sexi 5-toifali kontakt sulfat kislotasi ishlab chiqarish apparatchisi

2011-2015 yy. – “Olmaliq KMK” AJ mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’limi 1-toifali mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha muhandis

2015-2017 yy. – “Olmaliq KMK” AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi 1-toifali mehnat muxofazasi bo’yicha muhandis

2017-2019 yy. - “Olmaliq KMK” AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’i o’rinbosari vazifasini bajaruvchi

2019 y.-h/v. – "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari v.b. - Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’i

Vazifalari:

  • Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish;
  • Jamiyat ishchilari tomonidan xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazoratni,  ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni kamaytirishga yo’naltirilgan xavfsiz ish usullariga ishchilarni o’rgatishni tashkil etish;
  • Mehnat sharoitlari va jihozlarning jarohatlash xavfsizligi bo’yicha ishchi o’rinlarni davriy attestasiyadan o’tkazilishini tashkil etish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech