http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+
     

ABDUQODIROV ABDUJALIL ABDUXALILOVICH

Texnologiyalar bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - Texnik bo'lim boshlig'i

Telefon: (+998 78) 141-93-40

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har pashanba soat 16:00 da

Tarjimai holi

1972 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1995 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - rangli metallar metallurgiyasi

Mehnat faoliyati:

1989-1990 yy. - Olmaliq kimyo zavodi energiya tsexi badiiy-bezatish ishlarini bajaruvchi

1990-1995 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

1995-1998 yy. - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mis eritish zavodi metallurgiya tsexining konverter bo’limida asosiy ishlab chiqarish uchastkasi ustasi, konverterchi  

1998-2007 yy. - bojxona organida xizmat (O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi)

2007-2007 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ tashqi iqtisodiy aloqalar bo’limi yetakchi muhandisi

2007-2007 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ tashqi iqtisodiy aloqalar bo’limida tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha yetakchi mutaxassis

2007-2014 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Mis eritish zavodi bosh muhandisi

2014-2015 yy. - “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari

2015-2016 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha; sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyani rivojlantirish va kommunal xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari

2016-2017 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining ma’muriy boshqaruv, huquq-tartibot idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’z-o’zini boshqarish va yoshlar siyosati masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

2017-h/vv - "Olmaliq KMK" AJ texnologiya bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari - Texnik bo’limi boshlig’i

Vazifalari:

  • Yangi texnika va ilgo’r texnologiyalarni, texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etilishi hamda yangi mahsulotlarni joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish  rejalarining bajarilishini ta'minlash;
  • Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlash va amaldagi texnologik jarayonlar bajarilishining texnologik intizomini tekshirish;
  • Texnologik jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish, energetik va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish;
  • Ishlab chiqarishga resurslarni tejovchi texnologiyalarni, xom ashyo va materiallar sarflanishi ilg’or me’yorlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • Ishlab chiqishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech