http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

SALIMOV  BEHZOD ASQARALI O'G'LI

Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi - “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar Ittifoqi raisi

Telefon: (+998 70) 619-54-14

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Tarjimai holi

1991 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2015 yilda Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «МИСиС»ni tugatgan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish (metallurgiya).

Mehnat  faoliyati

2010-2015 yy. - Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «МИСиС» talabasi.

2015-2017 yy. – “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasi Texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish xizmatining texnik o'lchov-asboblari tizimi avtomatikasi yetakchi muhandis-sozlovchisi.

2017 y. - h/v - Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi - “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar Ittifoqi raisi

Vazifalari:

  • Yoshlar bilan ishlashda davlat siyosatini amalga oshirish: yoshlarda vatanparvarlik, o’z vataniga cheksiz muhabbat va faxrlanish xissini o’yg’otish, xalq manfaatlari yo’lida o’zining barcha bilim, kuch va salohiyatini baxshida qilish ruhida tarbiyalash;

  •  Kombinat yosh xodimlarining kasbiy mahorati, malakasi, o’quv bilimlarini oshirishga e’tiborni qaratish va ko’maklashish hamda yoshlarda o’z kasbiga bo’lgan muhabbat hislarini oshirish;

  •  Yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, yo’l-yo’riqlar berib borish, yoshlarning intelektual qirralari va iste’dodini namoyon etishlariga yordamlashish, shuningdek kombinat yosh mutaxassislarining ishlab-chiqarish texnik kengashi ishida faol qatnashish;

  •  Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yoshlarning imkoniyatlarini oshirish;

  •  Munosib kadrlar zahirasini tayyorlab borish.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech