http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

XURSANOV ABDULLA XOLMURADOVICH

"Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisi

Telefon: (+998 78) 141-90-60

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har seshanba soat 09:00 da  

Tarjimai holi

9 iyul 1966 yilda tug‘ilgan.

1991 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. 2005  yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat  faoliyati

1983-1984 yy. - “BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 19-sonli Qurilish boshqarmasi duradgori, Toshkent shahri.

1984-1986 yy. - Armiya safida xizmat.

1986-1989 yy. –“BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 19-sonli Qurilish boshqarmasi duradgori, g'isht teruvchisi,  Toshkent shahri.

1989-1990 yy. –“BoshToshkentqurilish” 4-sonli Qurilish tresti 68-sonli Qurilish boshqarmasi ustasi, ish boshqaruvchisi, Toshkent shahri.

1990-1991 yy. –“Toshkenttiklanish” DKQT 2-sonli Qurilish boshqarmasi bosh muhandisi, Toshkent shahri.

1991-1997 yy. –“Saxovat” kichik korxonasi direktori, Toshkent shahri.

1997-1998 yy. –Davlat statistika departamenti Investitsiya va qurilish statistikasi bo'limi 1-toifali mutaxassisi, Toshkent shahri. 

1998-2001yy.  –O'zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo'mitasi Iqtisodiyot va qurilishni tashkillashtirish boshqarmasi qurilishni tashkillashtirish va qurilish me’yorlari bo'limi boshlig'i, tahlil va prognoz qilish bo'limi boshlig'i, shartnomaviy munosabatlar bo'limi boshlig'i, Toshkent shahri.

2001-2012yy. – Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo'yicha Yig'ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, Toshkent shahri. 

2012-2017yy. – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi Investitsiyalar departamenti boshlig'i, Navoiy shahri.

2017-2017yy. –“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo'yicha o'rinbosari, Navoiy shahri.

2017-2018yy. – “O’zbеkiston mеtallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi.

2018y.- h/v. – “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi.

Vazifalari:

  • Yakka rahbarlik asoslarida “Olmaliq KMK” AJ (keyingi satrlarda - kombinat) faoliyatiga rahbarlik qiladi va  kombinat zimmasiga yuklatilgan  topshiriqlar va  rejalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgar hisoblanadi;
  • Boshqaruv faoliyatini tashkil qiladi, Boshqaruv a’zolari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Boshqaruv tomonidan asoslangan va samarali qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi, boshqaruvning umumiy yig’ilishlariga raislik qiladi, Kombinat Nizomida ko’zda tutilgan boshqa  masalalarni hal qiladi;
  • Ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish olib boradi, uning manffatlarini himoya qiladi, shtat jadvallarini tasdiqlaydi, xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlarni chiqaradi(qabul qiladi), farmoyishlar beradi;
  • Bitim(shartnoma)lar tuzish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, shu jumladan xarid qilish, begona qilish yoki Jamiyat mulkini begona qilish ehtimollari bilan bog’liq qarorlarni, agar bunday bitim(shartnoma)lar narx bahosi buxgalteriya hisobotlariga ko’ra shartnomani imzolash sanasiga qadar Jamiyatning toza aktivlarining uch foizidan ortiq bo’lmagan holatda;
  • Jamiyatning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati uchun javob beradi;
  • Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi, Kuzatuv Kengashi, Jamiyat boshqaruvi vakolatlariga kirmaydigan jamiyatning barcha joriy faoliyatiga doir masalalar yuzasidan mustaqil qarorlarni qabul qiladi;
  • Rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
  • Buxgalteriya, statistik va boshqa hisobotlarni imzolaydi;
  • Xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida kombinat tuzilmasi va  shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
  • Kombitaning tarmoq tuzilmalari haqidagi qoidalarni tasdiqlaydi;
  • O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda Kombinat boshqaruv organlari chaqiruvini tashkillashtiradi;
  • Belgilangan tartiblarda rais o’rinbosarlari, ijro apparati bo’lim/xizmatlari va kombinat tasarrufidagi korxonalar rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va ozod qiladi, xizmat safarlariga yuboradi va ularga  ta’tillarni beradi;
  • Davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilayotgan xatlarni imzolaydi;
  • Quyidagi bo’linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtirib boradi: huquqiy departament, ofis-menedjer xizmati, “Olmaliq KMK” AJ ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari  ijrosini nazorat qilib borish xizmati;
  • O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, ta’sis va kombinatning ichki hujjatlariga asosan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech