http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+


     

XAMIDOVA FERUZA RUSTAMOVNA

Iqtisodiyot va moliya masalalari bo'yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

Telefon:  (+998 78) 141-90-55

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har juma 14:00 da

Tarjimai holi

1973 yili 20 fevral kuni Toshkent shahrida tug`ilgan.

Ma`lumoti – oliy. 1994 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini matematika va informatika fakultetini tamomlagan. 2000 yili Toshkent moliya institutini bank ishi fakultetini tamomlagan. 2004 yili O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Loyihalarni moliyalash” kursida o`qigan.

Mehnat faoliyati

1994-2002 yy. – “O'zsanoatqurilishbank” ATB Akmal Ikromov filialida xo'jalik xizmati bo'limi operatori, hisobchilik bo'limi 2-toifali buxgalteri, kredit bo'limi 1-toifali mutaxassisi, ijtimoiy rivojlantirish va kreditlash bo'limi bosh mutaxassisi, xalq xo'jalik tarmoqlarini kreditlash va moliyalash bo'limi boshlig'i vazifasini v.b., iqtisodiy tahlil, xalq xo'jalik tarmoqlarini kreditlash va moliyalash bo'limi boshlig'i

2002-2017 yy. - O'zsanoatqurilishbank ATBda Loyihaviy moliyalash boshqarmasi investitsiyaviy loyihalarga xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i, tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti Loyiha va savdoni moliyalash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari hamda boshlig'i, Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti direktori, Bank investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti direktori, Kredit operatsiyalari departamenti direktori.

2017-2018yy. - “O'zmetkombinat”AJ moliya masalalari bo'yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

2018 – h.v. – “Olmaliq KMK” AJ iqtisodiyot va moliya masalalari bo'yicha boshqaruv raisining o'rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • Kombinatning moliya manbalari va mablag’lari foydalanishi yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tasarrufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: markaziy(bosh) hisobxona, kontrakt majburiyatlarini nazorat qilish xizmati, g’azna va moliya xizmati, ishlab chiqarishni monitoring qilish va harajatlar boshqarmasi, eksport bo’limi, ichki sotuvlar bo’limi, mehnatga haq to’lashni va barqarorlashtirish bo’limi;
  • Shtatlar, moliya intizomi, kombinat sarf-harajatlariga rioya qilinishini nazorat qilib boradi; mahsulotlarni eksport qilish bo’yicha bashorat ko’rsatkichlari ijrosini nazorat qiladi;
  • Kombinatning moliyaviy siyosatini belgilaydi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi uning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Moliya mablag’larining holati, harakatlanishi va maqsadli foydalanishi, moliyaviy-xo’jalik faoliyat natijari, soliq majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni olib boradi;
  • Zaruriyatga qarab kreditlash tashukilotlari bilan kreditlar, zayomlar va boshqani olish bo’yicha  hamkorlikni amalga oshiradi;
  • Istiqbolli va joriy moliyaviy rejalari, byudjetlarni tuzish, pul mablag’larini sarflash ishlariga rahbarlik qiladi, ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qilib boradi;
  • Hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladigan, boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan bo’limlar funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan  loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech