http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

MALIK KAYRAT KAMILOVICH

Xarid ishlari bo`yicha boshqaruv raisi o`rinbosari

Telefon: (+998 70) 619-51-08

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har payshanba soat 15:00 da 

Tarjimai holi

1980 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 2002 yilda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi - jismoniy madaniyat. Isxak Kal`deron Adezis institutida metodologiya bo`yicha o`qigan.

Mehnat  faoliyati 

2013-2015 yy. - "Magistral" savdo uyi bosh direktori-ta`sischisi, Qozog`iston Respublikasi, Ostona shahri

2015-2016 yy. – TOO "Найза Курылыс" Konsernida bosh direktorning tijorat masalalari bo`yicha o`rinbosari, Qozog`iston Respublikasi

2016-2017 yy. - TOO "Найза Курылыс" Konserni bosh direktori, Qozog`iston Respublikasi

2017-2018 yy. - TOO "Найза Курылыс" Konserni kuzatuv kengashi a`zosi, Qozog`iston Respublikasi                                                                                                                                       

2018 y. - h.v. -"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining xaridlar ishlari bo`yicha o`rinbosari

Vazifalari:

  • funksional vazifalariga asosan Kombinatning tijorat faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • quyidagi tarmoq korxonalari rahbarlari funksional vazifalarini bajarishlarini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi, tovar bozori kon’yunkturasini o’rganish bo’limi va Kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga ko’ra boshqa unga bo’ysinuvchi xizmat/bo’limlari;
  • Kombinat uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan xom-ash’yolar va materiallar bilan ta’minlaydi va nazorat qilib boradi;
  • Xalqaro shartnomalar doirasida imzolangan import bo’yicha ikki taraflama bitimlar bajarilishini ta’minlaydi;
  • Tovarlar(ish,xizmatlar)ni baholash va tanlab olish eng yaxshi korporativ xaridi bo’yicha tanlov komissiyasiga rahbarlik qiladi, shu jumladan xom ash’yo, materiallar va butlovchi qismlar bo’yicha;
  • hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlshga xizmat qiladigan, xaridlar bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan bo’limlar funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan  loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech