http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+


     

MIRZAJONOV AZIM XAKIMJONOVICH

Xodimlar bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

Telefon: (+998 78) 141-93-20

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har dushanba soat 15:00 da 

Tarjimai holi:

1978 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2001 yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini va 2009 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat boshqaruvi аkademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi bo’yicha ma’lumoti - menejment, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

Davlat mukofotlari:

2006 yilda “O’zbekiston mustaqilligining 15 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

Mehnat  faoliyati:

1997-2001 yy. – Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabasi

2002-2006 yy. – “Bunyodkor” yoshlar teleklubi ijrochi direktori

2006-2006 yy. – O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumani bo’limi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashi raisi

2006-2010 yy. – O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahar bo’limi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashi raisi

2010-2011 yy. – Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari

2012-2016 yy. – O’zbekiston Respublikasi qurilish industriyasining Ishchi-xodimlari Respublika kasaba uyushmasi qo’mitasi markaziy Kengashi yo’l va kapital qurilish, transport bo’yicha bosh mutaxassis, tashkiliy bo’linma rahbari

2016-2017 yy. – O’zbekiston Respublikasi iste’mol mollari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish ishchi-xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari

2017-2018 yy. – Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi raisi o’rinbosari    

2018-2018 yy. – “Mahalla” gazetasi va “Mahalla ko’zgusi” jurnali birlashmasi tahririyati bosh muharriri o’rinbosari

2018 y. - h/v – “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar bo’yicha o'rinbosari

Vazifalari:

  • Funksional vazifalariga asosan Kombinatning  xodimlarni boshqarish sohasi ishlariga rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tarmoq korxonalari rahbarlari funksional vazifalarini bajarishlarini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: xodimlar bilan ishlash xizmati, o’quv markazi;
  • Ishga qabul qilish, kombinat xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, intizomiy jazo choralarini qo’llash kabi ishlarga rahbarlik qiladi;
  • Kombinat xodimlar zahirasi yaratilib borilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
  • Kasbiy ta’lim, Kombinat xodimlari malakalarini oshirish va attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
  • Moddiy va ahloqiy barqarorlashtirishning izchil siyosati asosida  barcha toifalardagi ishchi-xodimlar mehnat motivatsiyasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, uni saqlab borish va obro’sini oshirish, strukturalar va shtatlarni ratsionallashtirish, mehnat intizomini mustahkamlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladigan, boshqaruv raisining xodimlar bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan  loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech