http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

 

POPOV DMITRIY ALEKSANDROVICH

Istiqbolli rivojlantirish va investisiyalar bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

Telefon: (+998 78) 141-93-40

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har chorshanba soat 16:00 da 

Tarjimai holi:

1985 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2007 yil Tomsk politexnika universitetini tamomlagan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – sanoat issiklik energiyasi.

Mehnat faoliyati:

2003-2007 yy. - Tomsk politexnika universitetini talabasi

2007-2008 yy. - “Olmaliq KMK” OAJ Issiqlik elektr markazi nazoratchi-mashinist, qozon mashinisti, qozon jihozlarini ekspluatatsiyasi bo’yicha katta ustasi

2009-2018 yy. - “Olmaliq KMK” OAJ Mis boyitish fabrikasi maydalash va flotatsiya sexida elektromexanik, Kapital qurilish boshqarmasi ishlab chiqarish texnik bo’limi 2-toifali muhandis-texnolog, bosh muhandis vazifasini bajaruvchi, bosh muhandis, rahbar vazifasini bajaruvchi.

2018-2019 yy. - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi yetakchi menejeri

2019 y. – h/v   - Istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo’yicha “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • Kombinatning investitsion faoliyati yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda  rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tasarufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: kapital qurilish boshqarmasi, investitsiyalar departamenti, loyiha ishlari boshqarmasi, «Olmaliqmetallurgqurilish» tresti, shuningdek kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosariga bo’ysinuvchi boshqa tasarufdagi bo’linmalar, bo’lim/xizmatlariga;
  • Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishlarni muvofiqlashtirib boradi, Kombinatni rovojlantirishning asosiy konsepsiyasi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan harakatlar muvofiq holatini nazorat qilib boradi;
  • biznes, bozorning yangi yo’nalishlarini o’zlashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi;
  • Kombinatni texnik va ma’muriy jihatdan modernizatsiyalash bo’yicha  loyihalarni ishlab chiqadi;
  • Rivojlanishning samarali strategiyasi va Kombinatning rivojlantirish rejasining asosiy bo’limlarini ishlab chiqadi;
  • Kombinatning moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat ko’rsatkichlari asosida kombinat investitsion siyosatining konsepsiyasini ishlab chiqadi.
  • Hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish bo’yicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladigan, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo’yicha o’rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan  loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi. 
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech