http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

     

MAKSUMOV  FURKAT  BAKIEVICH

Bosh muhandis - Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari

Telefon: (+998 78) 141-90-55

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har seshanba soat 16:00 da

Tarjimai holi

1967 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi - noorganik moddalar texnologiyasi. 2014 yilda Moskva davlat po’lat va qotishmalar institutini tugatgan, ma’lumoti bo’yicha mutaxasisligi - metallurg.

Mehnat  faoliyati

1984-1984 y.y. - Olmaliq Gilam fabrikasi nazorat-o’lchov priborlari va avtomatikasi elektrchilangari shogirdi

1984-1985 y.y. - Olmaliq Kimyo zavodi nazorat-o’lchov priborlari va avtomatikasi chilangari

1986-1988 y.y. - Armiya xizmati

1988-1993 y.y. - Olmaliq Kimyo zavodi Oltingugurt kislotasi sexining nazorat-o’lchov priborlari va avtomatikasi chilangari

1993-1998 y.y. - Olmaliq "Ammofos" ICHB boshliq o’rinbosari - oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish bo’yicha texnologi

1998-2003 y.y. - Olmaliq shahar hokimiyati sanoat va maishiy xizmatlar bo’yicha bosh mutaxassisi

2003-2007 y.y. - "Uzbektelekom" AK "Toshkent-Telekom" filiali Olmaliq telekommunikasiyalar uzeli boshlig’i

2007-2008 y.y. -  "Olmaliq TMK" OAJ Texnik bo’limi yetakchi muhandisi

2008-2011 y.y. -  "Olmaliq TMK" OAJ Mis boyitish fabrikasi bosh muhandisi

2011-2013 y.y.  - "Olmaliq KMK" OAJ ishlab chiqarish bo’yicha  bosh muhandis o’rinbosari

2013-2013 y.y. -  Bosh muhandis - "Olmaliq KMK" OAJ bosh direktorining birinchi o’ribosari v.b.

2013-2017 yy. -   Bosh muhandis - "Olmaliq KMK" AJ bosh direktorining birinchi o’ribosari

2017 – h/v.   -   Bosh muhandis - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining birinchi o’ribosari

Vazifalari:

  • funksional vazifalariga asosan tasarrufdagi bo’linmalarning kombinat korxonalari bilan o’zaro aloqalarini muvofiqlashtirib va tashkillashtirib boradi;
  • bosh muhandisning o’rinbosarlari, tog’-konchilik, marksheyderlik, geologiya, texnik, ishlab chiqarishni muvofiqlashtirib borish, lokalizatsiyalash, bosh energetik xizmati, bosh muhandis xizmati, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi, fan va innovatsiyalar, transport va logistika bo’limlari shuningdek, Kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari-bosh muhandisga bo’ysinuvchi bo’linmalar, bo’lim/xizmatlar faoliyatini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi;
  • Kombinatni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib boradi;
  • Kombinatda ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
  • hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)larni qabul qilish va topshirish dalolatomalarini, Kombinat,  boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari-bosh muhandisi tomonidan muvofiqlashtiriladigan tarmoq korxonalari faoliyati va  yuklatilgan funksional topshiriqlar bajarilishiga xizmat qiladigan, kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan modiy-tovar boyliklari, loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi;
  • Kombinatning ishlab chiqarish-texnik faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidagi yo’nalishlardagi chiquvchi hujjatlarni(shartnomalar, kontraklar va boshqa majburiyatlardan tashqari) imzolaydi: yangi texnika, texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ilmiy-tatqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlari bilan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; ishlab chiqarish bo’limlari asosiy va yordamichi hamda texnologik qurilmalarini ta’mirlash, modernizatsiyalash bo’yicha pudrat ishlarining bajarilishini ta’minlash; elektr energiyasi, tabiy gaz, suv va boshqa moddiy-texnika manbalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish; metrologiya, attestatsiya, diagnostika, tekshirish va texnik xizmat ko’rsatish telekommunikatsiya, ekologik ekspertiza, ekologik, texnik va boshqa normativlar va texnik shartlarning loyihalarini ishlab chiqish; boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari-bosh muhandisiga bo’ysinuvchi tarmoq korxonalari faoliyatlari bilan bog’liq boshqa harakatlarni.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech