http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Mahalliylashtirish dasturi

Mahalliylashtirish dasturi

on .

Mahalliylashtirish dasturi doirasida "Olmaliq KMK" AJ tomonidan 2019 yilda  jami 48,3 mld. so’mlik 59 ta loyiha amalga oshiriladi. 

Mahalliylashtirish loyihalari doirasida markazdan qochma va o’qli shamollatish uskunalari, o’qlangan portlatish vositalari, GRAT va HC rusumdagi nasoslar, elektroshlakli qayta eritilgan quymalar, tog'-kon sanoati uchun ehtiyot qismlar, maydalash va qayta ishlov berish uskunalari, shuningdek noyob metallar va qattiq qotishmalardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

2019 yilda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga taxminan 3,9 million dollar pul mablag'lari tejalishi kutilmoqda.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida keyingi yillarda quyidagi ishlab chiqarishlar yo’lga qo’yildi:

  • "Angren quvur zavod", turli diametrli mis quvurlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan;
  •  Tog’-konchilik shaxta uskunalarini ishlab chiqarish sexi;
  • Rux-alyuminiy-mis qotishmasini ishlab chiqaruvchi uchastka;
  • Rux sulfatini ishlab chiqaruvchi uchastka;
  • Oqli va markazdan qochma shamollatish uskunalari ishlab chiqarish uchastkasi;
  • O'qlangan portlovchi moddalar ishlab chiqarish uchastkasi;
  • Noyob metallar va qattiq qotishmalar mahsulotlarini ishlab chiqarish uchastkasi.

 "Olmaliq KMK" AJ da Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyor mahsulot turlari, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 1033 Kb). 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech