Mis quvurlari
GOST: Ts 00193950-006:2014
Marka: M1 (yumshoq, qattiq)
Ishlab chiqarish jarayoni:
- mis katodini, oksidlarda tozalash maqsadida fosforli mis bilan birgalikda eritish;
- mis zagotovkalari tayyorlash;
- mis zagotovkalarini prokatlash va cho’zish, lozim bo’lganida ichki qismiga ariqcha tushirish;
- mis quvurlarini o’ramlarga (spiralsimon, qavatma-qavat tartibli) o’rash va to’g’ri qirqilgan kesmalar holiga keltirish;
- mis quvurlariga, keragicha yumshatish maqsadida termik ishlov berish;
- qadoqlash.
Qo’llanilishi:
Mis quvurlari sovuq va issiq suv ta'minotida, isitish majmualarida, gaz ta'minotida va boshqa muhandislik ishlarida, bundan tashqari sovutish va issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmalarda ishlatiladi.
Shakli va qadoqlanishi:
Quvurlar massalari o’ramlarda 80 kgdan 300 kggacha bo’ladi. O’ramlar va bog’lamlar ko’rinishidagi quvurlar polietilen plenkaga o’raladi va taglikga o’rnatilgan yog’och qutilarga joylanadi yoki GOST 7376 talablari mos keluvchi gafri kartonli qutilarga joylanadi.
Qadoqlash GOST 9557 bo’yicha tagliklarda yoki kesma ko’rinishidagi quvurlar uchun tagliklarsiz, ko’ndalang kesmasi 50x50 mm bo’lgan bruslardan foydalangan holatda, diametri 3 mm bo’lgan sim yoki o’lchamlari 0,3x30 mm, bo’lgan tasmalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Umumiy maqsadlarga mo’ljallangan yumaloq kesimli sovuq ishlov berilgan choksiz mis quvurlar Ts 00193950-006 talablariga mos ravishda ishlab chiqariladi.
Quvurlarning mexanik xossalari quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:
Tashqi nominal diametri, mm |
Jo’natish shakli |
Materil holati |
Vaqtinchalik qarshilik Ϭв, MPa (kgf/mm2), kam emas |
Nisbiy cho’zilish δ5, %, kam emas |
3,0 dan 19,0 gacha |
O’ramlarda |
Yumshoq |
210 (21) |
36 |
3,0 dan 44,0 gacha |
Kesmalarda |
Yarim qattiq |
240 (25) |
11 |
3,0 dan 44,0 gacha |
Kesmalarda |
qattiq |
280 (29) |
3 |
Telefonlar: (+99893) 183-85-85, (+99893) 183-53-83
Faks: (+99893) 183-85-85, (+99871) 141-90-33
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.