PVXdan plastik mahsulotlari

Shishapaketlar yig’ish uchastkasi Goodwin texnologiyasi bo’yicha Dekorimex firmasining butlovchi qismlaridan va PVX profillaridan derazalar va eshik bloklarini yig'ish bilan shug’ullanadi.

Polivinilxlorid (PVX) neft mahsulotlaridan sintezlangan. Ko’plab boshqa polimerlar kabi u ko’p chidaydigan material hisoblanadi. U na quyosh nurlaridan, na namlikdan, na tabiiy mikroorganizmlardan, na yog’och charxlovchi hashoratlar unga qo’rqinchli emas. Maxsus modifikator-qo’shimchalari tufayli deraza profillari uchun mo’ljallangan PVX mo’rt emas, lekin shu bilan bir vaqtning o’zida yetarli darajada qattiq material hisoblanadi. Mustahkamlik tavsiflari bo’yicha u yog’och materiallardan yaxshiroq.

 Zamonaviy sifatli derazalar 50°Sgacha sovuqqa, va +60°Sgacha issiqqa chidamli. Ishlab chiqqaruvchi firmalar profilga 15 yildan 20 yilgacha kafolat beradilar, biroq mutaxassislarning fikriga ko’ra, qattiq PVXdan tayyorlangan derazalar 50 yil mobaynida o’z xususiyatlarini saqlay oladi. Boshqa tarafi - zichlagichlar. Turli shakllarda ularning xizmat qilish muddati turlicha aniqlanadi: 4yildan 15 yilgacha. Bunda ko’p narsa bizning iqlimimizda haroratning o’zgarib turishiga bog’liq. Ko’plab PVX profillarni tayyorlashda oqartirish uchun qo’rg’oshin qo’shiladi, biroq zamonaviy texnologiya tayyor mahsulotlardan toksik moddalar ajralib chiqishini yo’q qilib tashlaydi: maxsus qo’shilmalar materialni ekologik toza qiladi. Ba'zi bir profillarda qo’rg’oshin o’rniga rux, kalsiy qo’shiladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech