http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

«AWP» MCHJ

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 may 2013 yildagi №118 sonli “Jizzax” maxsus iqtisodiy zonasi hududida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etish to’g’risida”gi qaroriga asosan 2013 yilda  OKMKning ulushi(50%), “Peng Sheng”(O’zbekiston QK MChJ (17%) va “Wenzhou Jinsheng Trade Co., LTD” (XHR) (33%)dan iborat bo’lgan «AWP»MChJ qo’shma korxonasi tashkil etilgan.

Qo’shma korxonaning Ustav fondi 7,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

Qo’shma korxonaning quvvati turli xildagi 1200,0 ming donadan iborat santexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qiladi. 

Qo’shma korxonaning asosiy faoliyati sanitar-texnika mahsulotlari uchun yuqori texnologiyalar asosida smestitellarni, yopish armaturalari(zulfin)ini ishlab chiqarish, ularga jamlamalarni ishlab chiqargan holda ichki bozor talablarini to’laqonli qondirish va mahsulotlar eksportini ta’minlashdan iboratdir.

«AWP»MChJ Qo’shma korxonasi santexnika mahsulotlari uchun smestitellar va yopish armaturalari, keng asosortimentdagi smestitellar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatimizdagi yagona korxona hisoblanadi.  

Korxona tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan santexnika mahsulotlariga bo’lgan iste’molchilarning ishonchini oshirishga qaratilgan maqsadli yo’naltirilgan ishlarni olib borilmoqda, mahsulotning yuqori sifati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga eng maqbul narxlar va kafolatli majburiyatlarga rioya qilinishi  uning afzallik tomonlarini belgilab bermoqda.

Doimiy hamkorlar bilan ishlash davrida sotuvlarning izchil tizimi va har bir mijozga yakka tartibda munosabatda bo’lish uslublari ishlab chiqildi, bundan tashqari qo’shma korxona yuksak bosqichdagi xizmat ko’rsatish va hamkorlikning manfaatli shartlarini ta’minlab ham boradi.  

«AWP» MChJ Qo’shma korxonasining barcha mahsulotlari sertifikatlashtirilgan va sifat standartlariga to’liq javob beradi.  

Ishlab chiqarilgan mahsulotning 2015 yildagi eksport hajmi 12,0 mlrd.so’m (ekv.da 4,6 mln. doll.)ni tashkil qildi. 2016 yilning 6 oyi davomida  20,0 mlrd. so’m (ekv.da 6,8 mln.doll)tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, bunda eksport hajmi  4,4 mln. doll. eksport ulushi 66,5% ni tashkil etdi.

Ayni davrga kelib «AWP» MChJ Qo’shma korxonasi dinamik ravishda rivojlanib bormoqda va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda jalb etiladigan kredit mablag’lari hisobiga mavjud ishlab chiqarish maydonlari bazasida santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu kelajakda tayyor mahsulot turi va hajmini oshirishga imkon beradi.

Ahil, yakdil jamoa va uning proffesional mahorati, tajriba va mehnatsevarligi «AWP» MChJ Qo’shma korxonasiga ishlab chiqaruvchi sifatida  raqobot qiluvchi korxonalar orasida mustahkam mavqeyga ega bo’lish, yuvinish va oshxonadagi smesitellar va boshqa santexnik mahsulotlarini ishlab chiqarish bozorida yetakchi o’rinlarga chiqib olishini ta’minladi. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan smestitellar va yopish armaturalari horijiy analoglardan umuman qolishmaydi, chunki bu mahsulotlar mazkur sohada ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlanmoqda.  

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech