http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MCHJ

«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ Qo’shma korxonasi 2006 yilda tashkil etilgan.

Korxonaning asosiy ish faoliyati TS 21407711-01:2015 muofiq mis kuporosi va tarkibi aniqlab bo'lmaydigan mayda parchali mis kuporosini chuqur qayta ishlash hisoblanadi. Korxona xalqaro standartlar sifatiga mos keladigan mahsulot ishlab chiqaradi va uni dunyo bozorida samarali keng targ'b etmoqda.

Qo’shma korxonaning Ustav fondi 1,9 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

Qo’shma korxonaning ta’sischilari quyidagilar:

Horijiy ishtirokchi tomonidan: «CONTESSA VENTURES LIMITED» kompaniyasi (Buyuk Britaniya) – 60%.

O’zbekiston tomonidan: «Olmaliq KMK»AJ - 40%.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi 2015 yilda 23,5 mlrd.so’m(ekv. da 9,1 mln. doll.)ni eksport ulushi 98,8% ni tashkil etdi.

«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ Qo’shma korxonasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshira borib, sifatni nazorat qilishga alohida e’tiborni qaratmoqda. Korxonada FAMI-QS va HACCP qoidalari, talab va me’yorlariga javob beradigan menejmentning integratsion tizimi tatbiq etilgan.

FAMI-QS – Evropa mamlakatlaridagi ozuqa qo’shimchalari va premikslarni ishlab chiqaruvchilari uchun tuzilgan qoidalar majmuasidir. U ishlab chiqaruvchiga oziq-ovqat gigienasiga qo’yiladigan Evropa talablariga binoan ozuqa qo’shimchalari va premikslar xavfsizligini ta’minlashga hamda mahsulotni nazorat qilishga imkon beradi.

NASSR (XASSP) – xavfli omillar, xususan mahsulotning xavfsizligini aniqlash, baholash va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir. NASSRning asosi - tizimli yondoshuv bo'lib, u quyidagilar mkonini beradi:

Xavfsizlik ko'rsatkichlarini mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarini, jumladan xom-ash’yoni olishdan boshlab so'ngi iste’molchi undan  foydalanish davrigacha qamrab oladi,

Yaroqsizlikni  to’g’irlash va mahsulotni qaytarib olish bo'yicha kechiktirilgan harakatlar o'rniga Omilkor choralarni ko’rish;

Mahsulotlarning xavfsizligi ta'minlash uchun javobgarlikni muqum  belgilash;

Tanqidiy jarayonlarni hatosiz aniqlash va ularga korxonaning asosiy manbaa va kuchlarini jamlashtirish;

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda  nuqson(brak)larni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarishning umumiy hajmida  sezilarli darajada tejamkorlikga erishish;

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xavfsizligi borasida hujjatlar bilan tasdiqlangan ishonchga erishish.

«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ ISM tizimini joriy etgan holda sifatni boshqarish bo’yicha dunyoning  eng ilg’or tajribalariga tayangan holda o’z faoliyatining samaradorligiga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish jaryonlari takomillashtirilmoqda, xom-ash’yolar va tayyor mahsulotlarda tahlillar o’tkazishning zamonaviy uslublari qo’llanilmoqda.

Bugungi kunda “kuzatganda aniqlab bo’lmaydigan xususiyatli maydaparchali mis kuporosi” inson faoliyatining turli xo’jalik sohalariga yanada ko’proq qo’llanilmoqda. Fanning zamonaviy yutuqlari hisobiga mis kuporosidan foydalanish, qishloq ho’jaligi, chorvachilik, parandachilik, tibbiyot va sanoatda uzoq vaqtdan beri yig’ilib qolgan muammolarni samarali hal qilishning yangi imkoniyatlari ochildi.

«KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS» MChJ Qo’shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tashqi bozorda nihoyatda talabgirdir, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to’liq hajmda eksportga yo’naltiriladi. Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Vetnam, Polsha, Niderlandiya qirolligi va Yevropaning boshqa davlatlari hamda Janubiy-sharqiy osiyo mamlakatlari korxona mahsulotlari sotilayotgan mintaqalar deb hisoblanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech