http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Investision loyihalar

Kombinat Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasida bundan bir necha yillar oldin ochilgan sport-trenajyor zali bugun temiryo’lchilarning sevimli maskaniga aylangan.

Ushbu maskanda muntazam olib borilayotgan mashg’ulotlar turli sport bellashuvlarida boshqarma mehnatkashlarining yuqori o’rinlar uchun kurashishiga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, stol tennisi borasida STTB terma jamoasi kombinatning eng kuchli jamoalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Kuni-kecha stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan boshqarma birinchiligi buni amalda isbotladi. Korxonaning to’rttadan sex va uchastkalaridan jamoalar ikki nafar yigitlar va 1 nafardan xotin-qizlar tarkibida g’oliblik uchun kurash olib borishdi. Maydon egalari, ya’ni 3-temir yo’l sexi jamoasi sharafini himoya qilgan Behzod Ikromov, Elmurod Rahmatullaev va Regina Sultonbekovalardan iborat jamoa yuksak natijalarni namoyish etgan holda birinchilik shohsupasining yuqori pog’onasini zabt etishdi. Vagon xizmatining Mixail Luyanchenko, Temur Yusupov va Yevgeniya Tarabinadan iborat havaskor tennischilari sovrinli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritishdi. Signalizatsiya-markazlashgan blokirovka xizmatining Murod Safarov, Alisher Boymatov va Amira Smirnovalardan iborat jamoa kuchli uchlik tarkibidan joy oldi. Musobaqa g’olib va sovrindorlariga kombinat Kasaba uyushmasi Kengashining sovg’a va diplomlari topshirildi. Stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan birinchilik kuchlilarni saralab olish va ularni navbatdagi musobaqalarga tayyorlash imkonini berdi.

Shuhrat Tog’aev,

STTB sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech