http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Investision loyihalar

So`nggi yillarda “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida yosh ishchi-xodimlar malakasini oshirish, tengdosh hamkasblar bilan tajribalar almashish va ko`nikmalarni sinovdan o`tkazish maqsadlariga yo`naltirilgan kasb-mahorati tanlovlari muntazam o`tkazilib kelinoqda.

Mazkur tanlovlar shakllangan mustahkam mehnat tajribalari va takomillashgan texnologiyalarni keng targ`ib etish, amalda qo`llash, sog`lom mehnat muhitini yaratish, yosh ishchi-mutaxassislarning kasbiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ishlab chiqarish vazifalarini faollikda bajarishga jalb etish, kasbiy va ijodiy qirralarini ochish, eng yaxshi ko`rsatkichlarini yuzaga chiqarish, jamoalardagi hamkasblari bilan o`zaro sport va do`stlik aloqalarini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish va aqliy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga ham xizmat qilayotgani diqqatga molikdir. Kuni-kecha kombinat Iste`mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasida bo`lib o`tgan ana shunday tanlovlardan birida korxonaning turli bo`limlarida xizmat qilib kelayotgan nazoratchilar o`z kasbiy hamda jismoniy bilim va ko`nikmalarini yana bir bor imtihondan o`tkazish imkoniga ega bo`ldilar. Boshqarma kasaba uyushmasi qo`mitasi va Yoshlar ittifoqi tashabbusi ostida tashkillashtirilgan nazariy va amaliy bosqichlardan iborat bo`lgan tanlovda ishtirokchilar Bahodir Mamirov, Davron Mamayusupov, Po`latjon Abdullaev, Zohidjon Umirov, Sardor Yusupov, Sardor Rahmonovlar o`z tajribalari asosida bahs olib borishdi. Jumladan, tanlov qatnashchilari amaliy bosqichda 1000 metrlik masofaga yugurish, turnikka tortilish kabi sport mashqlarini talablarga qat`iy rioya qilgan tartibda, begilangan vaqt oralig`ida tezkorlik va epchillikda amalga oshirib borishdi. Tanlov shartlariga ko`ra vazifalar besh ballik mezonda baholanib borildi. Nazariy bilimlar shartida nazoratchilar biletlar orqali mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, shuningdek xizmatga doir 5 tadan savollarga javob berib o`tdilar.

Har ikki shartlarni namunali bajargan Bahodir Mamirov yuqori natijani qo`lga kiritib, birinchi o`rin sohibiga aylandi. Ikkinchi nazariy bilimlar shartida barcha savollarga tajriba va malakalaridan kelib chiqqan holda javob qaytarib, o`zlarining yuqori bilimga ega ekanliklarini namoyon etgan Davron Mamayusupov hamda Po`latjon Abdullaevlarning to`plagan ballari ularni ikkinchi va uchinchi o`ringa sazovor bo`lishlariga xizmat qildi.

- Bunday tanlovlarning biz kabi yosh ishchi-xizmatchilar orasida tashkillashtirilib borilishi nafaqat kasbiy bilimlarimizni sinovdan o`tkazish, balki nazorat jarayonlari va ish xujjatlarini yuritishga qat`iy yondashuvimizni o`stirishda ham muhim rol o`ynaydi deb o`ylayman, - deydi tanlov g`olibi Bahodir Mamirov. - Shulardan kelib chiqqan holda bugungi tanlovdagi natijalarim bilan cheklanib qolmay, navbatdagi kasb mahorati sinovlarida ham yanada faol ishtirok etishni maqsad qilaman.    

Tanlov so`nggida g`olib va sovrindorlar kombinat Kasaba uyushmasi Kengashining diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech