http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Davlat va korporativ xaridlarning asosiy prinsiplari

Sir emaski, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan keksalarga, jumladan, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga chuqur hurmat-ehtirom ko`rsatish, ular uchun zarur sharoit yaratish, moddiy rag`batlantirish masalalariga doimo e`tibor qaratib kelinadi.

Joriy yil 9 may - Xotira va Qadrlash kuni arafasida ham ana shu an`analar davom ettirilgan holda o`tganlar yodga olinib, keksa avlod vakillariga mehr-muruvvat ko`rsatildi. Urush va mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga sovg`a-salomlar ulashildi.

- Davlatimiz, qolaversa kombinat tomonidan biz keksalarga ko`rsatilayotgan yuksak e`tibor va g`amxo`rlikdan behad minnatdormiz, - deydi urush orti mehnat fronti qatnashchisi Rohat buvi Turdieva. - Eng muhimi, bunday ehtiromni nafaqat bayramlarda, balki har kuni, har qadamda his qilib yashayapmiz. Bularning barchasi yurtimizda inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligining yaqqol tasdig`idir. Biz ko`rgan og`ir kunlarni hech kim ko`rmasin. Yurtimiz doimo tinch va obod bo`lsin. Mana shu ezgu ishlarga bosh bo`layotgan, yoshu keksaga birday e`tibor ko`rsatayotgan Prezidentimizga va qolaversa, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga cheksiz rahmatimizni aytamiz. Biz, faxriylar bugungi dorilomon kunlarda, tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan jannatmonand yurtda yashayotganimizdan baxtiyormiz. Inson yoshi ulg`aygani sayin e`tiboru e`zozga ehtiyoji ortib boraverar ekan. Bir og`iz shirin so`zdan ko`ngil tog`dek ko`tariladi. Atrofimizda farzandlarimiz, nevara-yu chevaralarimiz parvona. Mahalla-ko`y, qo`ni-qo`shnilardan minnatdormiz. Ilohim, bizga hurmat ko`rsatgan insonlarning o`zlari ham ulug` yoshlarga kirib, doimo el-yurt ardog`ida bo`lishsin, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikka ko`z tegmasin.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech