A- A A+

Tanlovlar va tenderlar

Tender 19.10.2015 yil

on . Posted in Tanlovlar/tenderlar

1. O’zbekiston Respublikasida Butunjahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan "O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish" (SKESO) loyihasi amalga oshirilishi maqullanib unga ko’ra mablag’larning ma'lum bir qismi shartnoma asosida yetkazib beriladigan texnologik jihozlar(kompressor, press-filtrlar va chastotali muvofiqlashtirgichlar)ni xarid qilishga sarflash nazarda tutilgan.

2. "Olmaliq KMK" AJ mazkur hujjat bilan savdolarning huquqiy ishtirokchilarini o’zlarining muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishlarini so’raydi.

Xaridlar tarkibida nazarda tutilgan jihozlar:

Tender/lot №

Jihozlar ro’yxati

Umumiy soni

AMSP/ICB-2015-lot 1 Havo turbinakompressori 1
AMSP/ICB-2015-lot 2 Filtr press 5
AMSP/ICB-2015-lot 3 Quvvati 2,5 MVt bo’lgan beshta sinxron dvigatelini yuqori kuchlanishli jamlangan boshqarish va chastotali muvofiqlashtirish tizimi 2

Takliflarni baholash alohida lotlar bo’yicha amalga oshiriladi va shartnomalar ham muvofiqligi bo’yicha tuziladi.

3. Savdolar Butunjahon bankining "Butunjahon banki zayomchilari tomonidan tovarlarni xarid qilish, ishlar va nokonsultasion xizmatlarni MBRR kreditlari va grantlari asosida amalga oshirish to’g’risida"gi rahbarlik hujjatiga ko’ra (2011 yil yanvar nashri) halqaro savdo konkurslari jarayonlari asosida o’tkaziladi va huquqiy vakolatga ega davlatlarning har qaysi ishtirokchisi xaridlar bo’yicha rahbarlik hujjatida bitilgan asoslarda qatnashishi mumkin. Bundan tashqari Butunjahon Bankining siyosati ifodalangan manfaatlar nizolariga bog’liq 1.6 va 1.7 bandlarga alohida ahamiyat qaratilishini so’raymiz.Takliflarni baholash alohida lotlar bo’yicha amalga oshiriladi va shartnomalar ham muvofiqligi bo’yicha tuziladi.

4. Savdolarning manfaatdor huquqiy vakolatli qatnashchilari batafsil ma'lumotlarni "Inter Investment Consulting" MChJdan This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. olishlari va savdolar uchun zarur hujjatlar bilan ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha quyida ko’rsatilgan manzilda tanishishlari mumkin.

5. Savdolarning manfaatdor huquqiy vakolatli qatnashchilari savdolar uchun to’liq hujjatlar jamlamalarini ingliz va rus tillarida quyida ko’rsatilgan manzilga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilishgan va qaytarilmaydigan komission badallarni 100 AQSh dollari yoki uning Yevrodagi ekvalenti miqdorida, mamlakatimiz vakillari esa milliy valyutada O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan xarid kuni uchun belgilangan kurs miqdorida to’laganlaridan so’ng olishlari mumkin. To’lov "Inter Investment Consulting" MChJ hisob raqamiga shartnoma asosida to’g’ridan-to’g’ri bank o’tkazishi orqali amalga oshiriladi. Savdolar uchun hujjatlar elektron pochtaga yuboriladi.

6. Tanlov takliflari quyida ko’rsatilgan manzilga yetkazilishi yoki 18 noyabr kuni soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan)gacha yetkazilishi shart. Tanlov takliflarini elektron shaklda yuborishga yo’l qo’yilmaydi. Kechiktirib berilgan tanlov takliflari ko’rib chiqilmaydi. Tanlov takliflari konvertlarini omma ishtirokida ochish belgilangan qatnashchilar yoki quyida ko’rsatilgan manzilda hozir bo’lgan boshqa shaxslar ishtirokida 2015 yil soat 11:30 (Toshkent vaqti bilan) amalga oshiriladi.

7. Tanlovning barcha takliflari bank kafolatlari ko’rinishidagi miqdoriy garov bilan ta'minlangan bo’lishi shart:

Tender/lot №

Jihozlar ro’yxati

Kafolatlangan miqdoriy garov summasi AQSh dollarida

AMSP/ICB-2015-lot 1 Havo turbinakompressori 40 000
AMSP/ICB-2015-lot 2 Filtr press 20 000
AMSP/ICB-2015-lot 3 Quvvati 2,5 MVt bo’lgan beshta sinxron dvigatelini yuqori kuchlanishli jamlangan boshqarish va chastotali muvofiqlashtirish tizimi 40 000

8. Yuqorida qayd etilgan manzillar:

a) Tanlov bo’yicha hujjatlarni band qilish va tanlov bo’yicha batafsil ma'lumotlarni olish: Manzil: O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Niyozbek yo’li ko’chasi, 1 uy, 604 xona. Telefon/faks: (+99871) 235-35-66

Elektron pochta manzili:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

b) Tanlov takliflarini kiritish uchun:

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bobur ko’chasi 15 uy

v) Tanlov takliflari konvertlarini ochish uchun:

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bobur ko’chasi 15 uy

Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 146 kb)

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech