A- A A+

Tanlovlar va tenderlar

Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o’tkazish uchun tanlov

on . Posted in Tanlovlar/tenderlar

Tanlovda ishtirok etishga Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi majlisining 31.12.2015 yildagi 9-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan, Korporativ boshqaruv kodeksi bilan belgilangan tashkilotlar taklif etiladilar.

Tanlov taklifi quyidagi hujjatlardan iborat bo’lishi kerak:

  • ariza;
  • tanlov ishtirokchisining korporativ boshqaruv tizimni baholashni o’tkazish muddatlari, dastlabki qiymati, shuningdek boshqa ahamiyatli ma’lumotlar ko’rsatilgan taklifi;
  • davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi guvohnoma, tegishli litsenziya, xodimlarga berilgan malaka sertifikatlari va shahodatnomlarning nusxalari;
  • tuzilayotgan shartnomaning loyihasi (tanlov o’tkazish muddatlari va shartlari, to’lov miqdorlari va taklif etilayotgan xizmatlarning sifati va h.k.).

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni  berish muddati: 2017 yilning 1 apreligacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar «Olmaliq KMK» AJga quyidagi manzil bo’yicha yuboriladi:    110100, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko’chasi, 53-uy.

“Olmaliq KMK” AJ uchun umumiy hisobda eng foydali shartlar taklif etgan ishtirokchi tanlov g’olibi deb tan olinadi.

Murojaat uchun ma’sul shaxs: Raxmatillaev Oyattilo Zikrillaevich.

Ma’lumot uchun aloqalar: Tel.: (371) 141-9378, 141-90-19

                                           Faks: (371) 141-93-73

                                           E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech