http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tanlovlar va tenderlar

AMMQB tanlov e’lon qiladi

on . Posted in Tanlovlar/tenderlar

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi tomonidan boshqa tashkilotlaridan ish/xizmatlarni olish uchun oldindan buyurtmalar reestri.

Buyurtmachi: “Olmaliq KMK” AJ

Javobgar: Atrof - muhitni muxofaza qilish bo’limi

E’lonni amal qilish muddati: E'lon qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun.

Takliflarni qabul qilish muddati: 2019 yil 18 oktyabrgacha

Ishlar/xizmatlar nomlanishi: 1. Namangan viloyati Pop tumanidagi “Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshkarmasi ob’ektlari uchun maxsus suvdan foydalanishga ruxsat beruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tegishli vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish.

Suv ta’mitoti manbasi - Chodak-soy

Ob’ektlar:

  • shtolnyalar;
  • karer;
  • oltin ajratib olish fabrikasi;
  • avtobaza;
  • yordamchi xo’jaliklar

Ishlar/xizmatlar nomlanishi: 2. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Olmaliq KMK” AJ ga tegishli noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi ob’ektlaridan chiquvchi atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarga ekologik me’yorlar (PDV) ishlab chiqish va tegishli vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish.

Ob’ektlar:

  • volfram va molibden birikmalarini ishlab chiqarish gidrometallurgiya tsexlari;
  • volfram va molibden mahsulotlarini ishlab chiqarish;
  • vodorod ishlab chiqarish tsexi;
  • bug-kozon uskunalari;
  • olovga bardoshli maxsulotlar ishlab chiqarish;
  • avtokolonna;
  • yordamchi xo’jaliklar

Mavjud me’yoriy hujjatga ko’ra 65 ta manba ro’yxatga olingan ulardan 50 tasi tashkiliy tartibda.

Ta’lab etiluvchi qo’shimcha ma’lumotlar: 

  • harajatlar smetasi (hisob-kitob) ishning bajarilishi muddati bilan birgalikda;
  • yuridik shaxsning ro’yxatdan o’tganligi haqida guvohnomasi;
  • nizomning nusxasi (Положения);
  • Rahbarning foto rasmi nusxasi.

Takliflar muhrlangan konvertlarda 110100, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, A. Temur ko'chasi, 53-uyga jo’natilsin. "Olmaliq KMK"AJ Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi.

Aloqa uchun shaxs: Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig’i o’rinbosari - Li Svetlana Vladimirovna

Telefon: +998 70 61 92507

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech