http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xulq etika mezonlari

Quyidagi “Olmaliq KMK” AJ xodimlari xarid komissiyasi a’zolarining eng muhim etik qadriyatlarining qimmatli jihatlari keltirilmoqda:

Xaridlarning shaffofligi va yetkazib beruvchi tanlovining adolatliligi

“Olmaliq KMK” AJ ning yetkazib beruvchilar bilan munosabatlari qonuniy asoslarda quriladi. Yetkazib beruvchi adolatli va raqobotbardosh xaridlarga tayanib o’z faoliyatini belgilab oladi. Xarid qiluvchi pinhona nisbatlarga ega bo’lmasligi va boshqa yetkazib beruvchilarga afzallik imkoniyatlarini yaratib berishi kerak. Yetkazib beruvchilarning tanlovi qat’iy ravishda reglamentlangan va tovarlar/ishlar/xizmatlarning ob’ektiv tamoyillari va tijorat takliflariga asoslanadi.

Xaridlarni amalga oshirishda korrupsiyalashgan hatti-harakatlar

“Olmaliq KMK” AJ har qanday ko’rinishdagi korrupsion hatti-harakatlarni ma’qullamaydi[1]. Aynan shu sababli ham xodimlar ularni xarid jarayonlarining adolatsiz va vijdonsiz sifatida namoyon etadigan xarakatlarga yo’l qo’ymasliklari kerak.

“Olmalik KMK” AJ lavozim majburiyatlaridan tashqari bo’lgan yetkazib beruvchilar bilan kontakt(shartnoma)lar maqbullik bilan qabul qilinmaydi.

Xamkasblar bilan munosabatlar

Xarid jarayonlarida ishtirok etayotgan xodimlarning hamkasblar va uchinchi shaxslar bilan munosabatlari o’zaro ishonch, hurmat va zarur ma’lumotlarni to’liq ochib bergan holda taqdim etish shartlari asosiga quriladi. Ish jarayonida xarid qiluvchilar har qanday ko’rinishdagi manipulyatsiya(qalloblik) mahfiylik yoki ma’lumotlarni bo’rtirish, xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish holatlaridan tiyilishlari shart.

Ma’lumotlarning konfidensialligi

“Olmalik KMK” AJ ning xarid faoliyati bilan band bo’lgan xodimlari tijorat sirlarini saqlash mezonlari(qoidalari)ga rioya qilishlari-uchinchchi shaxslarga, shu jumladan xamkasblariga va qarindoshlariga ma’lumotlar konfedensialligini tashkil etuvchi, xizmat vazifalarini bajarishda olingan axborotlarni oshkor qilmasliklari shart.

Uchinchi tomonlarga “Olmaliq KMK” AJ xodimlarining personal(shaxsiy) ma’lumotlarini oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Etik qadriyatlarining buzilishi

Etkazib beruvchilar “Olmaliq KMK” AJ xodimlariga xaridlarni olib borgan kompaniyamiz xodimlar tomonidan yo’l qo’yilgan qoidabuzarliklar, gumonlar, etik(ahloq tamoyillaridan chetlashish holatlarini +99871 141-93-33 ishonch telefonlari orqali ma’lum qilishlari shart. Mazkur aloqa kanalida suiste’mol holatlariga yo’l qo’yilmasligi maqsadida anonim ma’lumotlar ko’rib chiqilmaydi.

[1] Korrupsion harakat sifatida lavozim vakolatlaridan shaxsiy manfaatlarda foydalanish tushuniladi, bu tijoriy avfzallik ustunliklar olish maqsadida ma’lum bir qimmatliklardan foydalanish bilan tengdir.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech