Elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati
Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.
Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish, multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish vazifalari belgilab olingan.
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
“Elеktron hukumat” – davlat organlari faoliyatini tashkil etishning yangi shakli bo’lib, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan kеng foydalanish hisobiga tеzkorlikning sifat jihatdan yangi darajasini va tashkilot, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylikni, shuningdеk davlat organlari faoliyati natijalari to’g’risidagi axborotni olishni ta'minlaydi.
“Elеktron hukumati”ni joriy etishning yakuniy maqsadi – intеraktiv xizmatlarni taqdim etish imkonlarini yanada yaxshilashga qodir bo’lgan davlat boshqaruvning mukammal elеktron apparatini yaratishdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabridagi 355-sonli ”O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsion texnologiyalar holatini baholab borish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ da AKT joriy etish va takomillashtirish samaradorligining reyting baholanishi ko’rsatkichi bo'yicha talablar bajarilib kelinmoqda.
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida «Olmaliq KMK» AJda quyidagi interfaol xizmatlar ko’rsatiladi:
- «Olmaliq KMK» AJning bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot;
- Kombinat haqida ma’lumot;
- Kombinat mahsulotlari;
- Shakl va blankalar;
- Fuqarolar murojaati statistikasi.
Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida joylashgan «Olmaliq KMK» AJning xizmatlari:
- Murojaatlarni ko’rib chiqish;
- «Olmaliq KMK» AJning bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot;
- «Olmaliq KMK» AJning rahbariyati qabuliga yozilish.
Ochiq ma’lumotlar portalida joylashgan «Olmaliq KMK» AJning xizmatlari:
- Investitsion loyihalar haqida statistik ma'lumot;
- Kombinat manzili haqida ma’lumot;
- Rahbariyatning aloqa uchun ma’lumotlari;
- Hududiy korxonalar;
- Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar to'g'risida ma'lumot;
- Bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot.
Davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirishning ilg'or halqaro amaliyoti sharhi (BPR) Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 437 Kb).