Vatan himoyachilari kuniga bayram tabrigi
Qadrli hamshaharlar!
Avvalo, barchangizni, Sizlar orqali farzandlari Vatan xizmatiga bel bog’lagan ota-onalarni, shu yurt tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilayotgan barcha harbiylarimizni bugungi shonli sana - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlayman!