A- A A+

Mahalliylashtirish dasturi

Mahalliylashtirish dasturi

on .

2021-yilda "Olmaliq KMK" AJda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida umumiy qiymati 161,4 mlrd. so'mlik 87 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan:

- po'lat va cho’yan quymalaridan ehtiyot qismlar - 64,2 mlrd. so'm;

- nostandart uskunalar - 3,2 mlrd. so'm;

- GRAT va GRT nasoslariga ehtiyot qismlar-1,1 mlrd. so'm;

- maydalash uskunalariga ehtiyot qismlar-1,8 mlrd. so'm;

- tegirmon uskunalariga ehtiyot qismlar-6,7 mlrd. so'm;

- ekskavatorlarga ehtiyot qismlar-1,4 mlrd. so'm;

- mahalliy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash mahsulotlari (rux oksidi, molibden va volfram metall, burg'ulash koronkalari, Nodir metallar va qattiq qotishmalar asosida ishlangan buyumlar) – 72,4 mlrd. so'm;

- turli xil mahsulotlar (keramik tigellar, kislotaga chidamli kukun, termopara va boshqalar) - 10,6 mlrd. so'm.

Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi 10,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi valyuta mablag'larini tejash imkonini beradi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish kombinatning quyidagi bo'linmalarida amalga oshirilmoqda:

- Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi;

- Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha IIChB;

- Rux zavodi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kombinat tomonidan keyingi yillarda quyidagilar ishga tushirildi:

- Angren quvur zavodi;

- Kon-shaxta uskunalari ishlab chiqarish sexi;

- Rux sulfat ishlab chiqarish uchastkasi;

- RAM qotishma ishlab chiqarish uchastkasi;

- Patronlangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchastkasi;

- Markazdan qochma va o’q ventilyatorlari ishlab chiqarish uchastkasi;

- Rux oksidi ishlab chiqarish uchastkasi;

- Nodir metallar va qattiq qotishmalardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish uchastkasi va boshqalar.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yaqin kelajakda quyidagi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda:

- Markaziy ta'mirlash-mexanik zavodini modernizatsiya qilish, bu esa import asosida xarid qilinayotgan tog'-kon va maydalash-yanchish uskunalariga butlovchi qismlarni va yangi turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish imkonini beradi;

- Portlovchi moddalar zavodi negizida noelektrik qo'zg'atish tizimlarini ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil etish.

 

“Olmaliq KMK” AJda Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqariluvchi tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi va ehtiyot qismlar ilovada keltirilgan. Yuklab olish (format - pdf, hajmi -  896 Kb). 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • teknic_tellur
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech