Call-markaz
Ishonch telefoni
O‘z kasbining ustasi, har tomonlama yetuk, zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan muhandis-texnik xodimlar shaksiz, har qanday sanoat korxonasi taraqqiyotini belgilab beradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil etilgan Muhandislik maktabida ham aynan mana shunday professional xodimlar tayyorlanadi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni OKMK tarkibiy bo‘linmalarida “Energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflari” tanlovining navbatdagi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Kuni kecha Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Tikuv mahsulotlari sexida mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar bilan "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tabiiy resurslar zaxirasining muttasil ravishda qisqarishi, global ekologik muammolarning keskinlashuvi sharoitida ekspertlar vaziyatni o‘nglash uchun jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy etish zarurligini ta'kidlamoqda.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olish, ularning o‘ksik ko‘ngliga bir oz bo‘lsada quvonch bag‘ishlash orqali e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan an'anaga aylangan.
Zamonaviy ilg’or texnologiyalarni mukammal oʻzlashtirgan yetuk kadrlarni tayyorlovchi OKMKning muhandislik maktabi, dunyoning koʻplab mashhur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.
3-dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Mis kompleksida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi hamda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ro‘y berayotgan barcha o‘zgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e'tirof etilmoqda.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Bosh Qomusimizning 32 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.