Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov raisligidagi ishchi guruh doimiy o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
Joriy yilning 7-may kuni Olmaliq shahrida bo‘lgan ishchi guruh a'zolari shahardagi ijtimoiy kriminogen vaziyatni, mahallalarda jinoyatchilik holatlarini o‘rganishdi. Ishchi guruh shahrimizning Sharof Rashidov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, mahalla yettiligi bilan suhbatlashildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, tashkiliy, profilaktika, sodir etiladigan qonunbuzarliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikni barvaqt oldini olish yuzasidan Olmaliq shahar IIB boshlig‘iga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mahallarda faoliyat olib boruvchi "ettilik" vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, qaror talablaridan kelib chiqqan holda aholining mavjud muamolarini birgalikda hal etish, ularni ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali pirovardida jinoyatlikka barham berish yuzasidan ham tavsiyalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh a'zolari OKMK boshqaruv raisi,senator Abdulla Xursanov hamrohligida kombinat va shahardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishishdi.
Senatorlar dastlab, OKMK sanatoriy-profilaktoriysida bo‘lishdi. Kombinat ishchi-xodimlarining salomatliklarini tiklashda muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan mazkur tibbiy maskan faoliyati, undagi yaratilgan sharoitlar mehmonlarga tanishtirildi.
Mehmonlarning navbatdagi manzili 16-umumta'lim maktabi bo‘ldi. Maktabda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta'lim sifati senatorlar tomonidan o‘rganildi.
Kombinat tomonidan otaliqqa olingan shahrimizdagi 80-sonli maktab internatida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta'lim jarayoni senatorlarning e'tiboridan chetda qolmadi.
Shuningdek, mehmonlar Mudofaa vazirligi Toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismiga ham borishib, harbiylar bilan uchrashishdi.
Harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan senatorlar harbiylar bilan samimiy muloqot qilishdi.
Axborot xizmati