• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Diqqat tanlov!

04 Mart 2022, 10:40 1744

Kombinatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli, egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar 30 yoshdan oshmagan yoshlar diqqatiga!

"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tashabbusi bilan "Yosh rahbar-2022" tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda bo‘lib o‘tadi.

1-bosqich 60 ta IQ test.

2-bosqich ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy 30 ta test.

3-bosqich Insho yozish.

4-bosqich KEYS savollar.

Tanlovning 1-saralash bosqichi 2022-yilning 10-11-mart kunlari kombinat O‘quv markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar korxonangiz Yoshlar ittifoqi raisiga murojaat qiling.

Tanlovda birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha kombinat rahbar xodimlariga malaka oshirish uchun biriktiriladi!

OKMK Yoshlar ittifoqi

Bo`lishmoq:
Text to speech