2022-yil 14-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ullari ishtirokida “OKMKda ekologik talablar va atrof-muhit muhofazasi me'yorlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish vaqti: 16:00 da
Tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati
Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.
Matbuot anjumani translyasiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI efirda tomosha qiling.
OKMK Axborot xizmati