• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2022 yil I yarim yillik yakunlari boʻyicha tahliliy ma'lumotnomasi

26 Iyul 2022, 15:16 1563

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2022-yil I yarim yillik yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –120,4 ga.

2021-yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o‘sish sur'ati 97,8 % ni tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, shu jumladan 97,9 %, o‘z xom ashyosidan,   metalli rux 100,0 %, shu jumladan 100,0 % o‘z xom ashyosidan, 106,0 % sulfat kislotasi, 100,2 % affinajli oltin va 100,4 % affinajli kumush, 71,8 % portlandsementni tashkil etdi.

2022-yil I yarim yillik yakuni boʻyicha 452,0 mln.doll. (144,1 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabrdagi PQ-72 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi karroriga muvofiq 2022 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 766,0 mln. dollarlik investisiya o‘zlashtirilishni mo‘ljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:

korxonaning o‘z mablag‘lari ӽisobidan – 12,4 mln.doll.;

2022 yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 139,5 mln. dollar (101,0 %) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning o‘z mablag‘lari xisobidan – 139,5 mln. doll.

O‘zbekiston Respublikasi Prezentining 2022-yil 24-yanvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2022-yilda 208,7 mlrd. so‘mlik 97 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

2022-yil I yarim yillik yakunlari boʻyicha 100 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 139,1 mlrd. so‘mni yoki prognozga nisbatan 125,5 foizni tashkil etdi.

2022-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 328,0 mlrd. so‘mga yoki 3,0 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

2022-yil I yarim yillik yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 290,1 mlrd. so‘mni yoki 5,4 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi  175,6 mlrd. so‘m yoki 3,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to‘lovlarini kamayishini ta'minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2022-yil 1-iyul holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 4519,4 mlrd. so‘mni, shu jumladan muddati o‘tgan qarzlari 95,7 mlrd. so‘mni, kreditorlik qarzlari 6549,7 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas. 

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 3274 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari xolda 853 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o‘zlashtirish bo‘yicha 1118 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 1012 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 402 nafar kishi o‘qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 290 tani tashkil etmoqda, bundan 48 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 242 ta talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 570 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 303 nafari, oliy ta'lim bitiruvchilari 180 nafar va ma'lumotsiz 87 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2022 yil yanvar-iyun yakuni bo‘yicha jami 490 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 70 ta – (6 ta Farmon, 14 ta qaror, 1 ta farmoyish, 13 ta bayon, 36 ta topshiriq);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 418 ta (21 ta qaror, 10 farmoyish, 48 ta bayon, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 162 ta, kotibiyat topshiriqlari – 177 ta).

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo‘limda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida “Olmaliq KMK” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 1639 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 897 ta ariza ko‘rib chiqilgan, 687 tasi ko‘rilish jarayonida, 32 ta ariza takroran kelib tushgan.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta'minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

Yuklab olish (Format: pdf, 207 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech