ATB ga ishga qabul
2018 yil 19 dekabr kuni Angren shahrida «Olmaliq KMK» AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga qarashli 2-avtokorxonaga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:
№ |
Soha |
Sohaga oid talablar |
1 |
Avtobus haydovchisi |
Haydovchilik guvohnomasi B, C, D toifali va ish tajribasiga ega bo’lishi. |
2 |
Yuk mashinasi haydovchisi |
Haydovchilik guvohnomasi B, C toifali va yuk avtomashinalarida ish stajiga ega bo’lishi. |
3 |
Elektr gaz pazpayvandchi |
Ma’lumot bo’yicha diplom va ish tajribasiga ega bo’lishi |
4 |
Frezerlovchi |
Ma’lumot bo’yicha diplom va ish tajribasiga ega bo’lishi |
5 |
Kuzov to'g'irlovchi (rixtovshik) |
Ma’lumot bo’yicha diplom va ish tajribasiga ega bo’lishi |
6 |
Tokar (6-avtokorxona Chodak poselkasi) |
Ma’lumot bo’yicha diplom va ish tajribasiga ega bo’lishi |
Hujjatlar 2018 yil 19 dekabr soat 09:00 dan 12:00 gacha qabul qilinadi. Soat 13:00 dan 17:00 gacha nazariy va amaliy sinovlar o’tkaziladi.
Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.
Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:
- Pasport;
- Mehnat daftarchasi;
- Jamg’arib boriladigan pensiya jamgarmasi;
- Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
- O’quv yurtini tamomlagani bo’yicha diplom;
- Qabulga keluvchilar o’zlari bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.
(Barcha hujjatlar asl nusxada bo’lishi kerak)
Shikoyatlar qabul kunidan so’ng 1 hafta mobaynida ko’rib chiqiladi.
Ma’muriyat