A- A A+

E'lonlar

Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2020 yil 5 mart kuni soat 9:00 da “Olmaliq KMK” AJ  Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasiga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:

Lavozim

Mutaxassislikka qo’yiladigan kvalifikatsion talablar

1

Defektolog-Logoped

Mutaxassisligi bo’yicha oliy ma`lumotli (ixtisosligi defektologiya)

2

Musiqa rahbari

Mutaxassisligi bo’yicha o`rta maxsus ma`lumot.

Majburiy talab: Musiqa maktabini bitirganligi sertifikati (diplomi)

3

Shifokor-Pediatr

Mutaxassisligi bo’yicha oliy ma`lumotli,

kamida uch yillik ish tajribasi bo`lishi kerak

4

Shifokor-Epidemiolog

Mutaxassisligi bo’yicha oliy ma`lumotli,

kamida uch yillik ish tajribasi bo`lishi kerak

2020 yil 5 mart soat 9:00 dan 12:00 gacha qabul bo’yicha hujjatlar “Olmaliq KMK” АJ ning O`quv markazi binosida qabul qilinadi.

2020 yil  5 mart  soat  12:00 da  “Olmaliq KMK” АJ ning O`quv markazi binosida tanlangan nomzodlar uchun imtixon bo’lib o`tadi. Imtixonlar tanlov asosida professional mahoratni tekshirish asosida bo’lib o’tadi (nazariy va amaliy).

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:                  

  • Pasport;
  • Diplom;
  • Mehnat daftarchasi.

Eslatma: Qabulga keluvchilar o’zlari bilan ruchka va qog`oz olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12-00 gacha amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihondan o’tgan kundan boshlab 1 hafta ichida qabul qilinadi.

Ma'muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech