A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

"Madaniy-ma’naviy yuksalgan hayot - yorqin kelajak garovidir"

on .

2020 yil 19 noyabr kuni “Metallurg” MSda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan "Madaniy-ma’naviy yuksalgan hayot - yorqin kelajak garovidir" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda kombinat korxonalari kasaba uyushmasi qo’mitalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha komisiyalari raislari ishtirok etishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda badiiy kutubxona kutubxonachisi Muhayyo Ortiqova tomonidan kombinat ishchilari o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlanib, kutubxonaga keltirilgan yangi badiiy adabiyotlarni ham tanishtirib o’tdi.

Tadbirda so’z olgan kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tashkiliy masalalar bo’yicha yetakchi mutaxassisi Umida Djalilova VIII qurultoy va unda belgilab berilgan vazifalar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish, joylarda ma’naviyat xonalari va burchaklarini me’yoriy talab bo’yicha jihozlash bo’yicha takliflar bildirildi.

Komissiya raislarining kelgusida amalga oshirish lozim bo’lgan chora-tadbirlar rejasi ham kelishib olindi.

Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi kasanachilari tomonidan qo’l mehnati asosida tayyorlangan buyumlar ko’rgazmasi ham barchada katta taassurot qoldirdi.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech