A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Abdujalol – eng yaxshi chilangar santexik

on .

OKMK Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi tarkibiy bo’linmalarida mehnat qilayotgan chilangar santexniklar o’rtasida “Eng yaxshi chilangar santexnik” kasb mahorat tanlovi o’tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari dastlab o’z kasblari bo’yicha nazariy sinovdan o’tishdi. Tanlovning ikkinchi shartida esa ishtirokchilari yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etishni amalda ko’rsatib berishdi.

Tanlov yakuniga ko’ra, OKMK sport majmuasi chilangar santexnigi Farrux Noyobov faxrli uchinchi o’ringa sazovor bo’ldi. “Metallurg” madaniyat saroyi sharafini himoya qilgan Sergey Ismailov esa sovrinli ikkinchi o’rinni egalladi. Barcha shartlarni qoyilmaqom tarzda uddalagan  IOB ta’mirlash guruhi ishchisi Abdujalol Qurbonov – “Eng yaxshi chilangar santexnik” deya e’tirof etildi.

Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Farog’at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech