A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

"Eng yaxshi tegirmon mashinisti" tanlovi

on .

OKMK Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan fabrikada faoliyat yuritayotgan, boyitish texnologik jarayonining asosiy kasblaridan biri bo’lgan tegirmon mashinistlari o’rtasida “Eng yaxshi tegirmon mashinisti” kasb mahorat tanlovi bo’lib o’tdi.

Bir oy avval start berilgan ushbu tanlov ikki bosqichda ya’ni nazariy va amaliy bosqichlarda tashkil etildi.

Tanlovning amaliy bosqichida bir oy mobaynida barcha tegirmon mashinistlarining texnologik ko’rsatkichlari nazoratga olinib, tanlov komissiyasi tomonidan monitoring qilib borildi. Nazariy bosqichda esa tegirmon mashinistlari tanlov komissiyasi tomonidan tuzilgan kasbga oid savollarga yozma va og’zaki javob berishdi.

Tanlov yakuniga ko’ra, 2-sonli Maydalash va boyitish majmuasi tsexi tegirmon mashinisti Sarvar Abdullayev sovrinli uchinchi o’rinni egalladi.

Yanchish va flotatsiya tsexi tegirmon mashinisti Shoaziz Shoxaribov 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Tanlovda eng yuqori ballni qo’lga kiritgan Yanchish va flotatsiya tsexi tegirmon mashinisti Davron Eraliyev tanlov g’olibi, deya e’tirof etildi. Va "Mis boyitish fabrikasining eng yaxshi tegirmon mashinisti" nomiga sazovor bo’ldi.

G’oliblar Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Bunday kasb-mahorat tanlovlarining tashkil etilishidan asosiy maqsad nafaqat bilimli ishchi-xodimlarni rag’batlantirish, balki o’ziga ishongan, bilimdon, o’z ishining ustasi bo’lgan yosh mutaxassislarni kashf qilish hisoblanadi.

Ulug’bek Alimov,

MBF Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech