A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Mehrim senga bolajon

on .

OKMK Sanoat temiryo’l transport boshqarmasi shahrimizdagi 80-sonli kar va zaif eshituvchilar maxsus internat maktabini otaliqqa olgan bo’lib, har doim ushbu ta’lim muassasasi o’quvchilariga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatib kelinmoqda.

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ushbu ta’lim muasassasi o’quvchilari o’rtasida “Mehrim senga bolajon” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada maktab o’quvchilari “CHaqmoq”, “Gulxan” va “Raketa” kabi jamoalarga bo’lingan holda g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa ishtirokchilari basketbol to’pi bilan yugurish, arqon tortish, koptoklarni oyoq orasidan o’tkazish, armrestling, o’mbaloq oshgan holda yugurish kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko’ra, barcha shartlarni a’lo darajada bajargan “Raketa” jamoasi g’olib sifatida e’tirof etildi. “Chaqmoq” jamoasi esa faxrli ikkinchi o’rinni egalladi.

“Gulxan” jamoasiga uchinchi o’rin nasib etdi.

G’olib jamoalar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovg’alari va diplomlari bilan taqdirlandi.

Obidjon Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech