Kasaba uyushmasi xabarlari

Ular hamisha e’tiborda

on .

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mehnat faxriylarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilayotganini har qadamda kuzatish mumkin. Ayniqsa, bayram va qutlug’ kunlar arafasida ular holidan xabar olinib, moddiy ko’maklar ko’rsatilishi doimiy an’anaga aylangan.

Zero, yurtimiz farovonligi, kombinatimiz iqtisodiy salohiyatida ularning hissasi beqiyos.

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan OKMK rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi Kengashining oziq-ovqat jamlamalaridan iborat navbatdagi tuhfalari kuni kecha korxonalar kasaba uyushmalari qo’mitalari tomonidan o’z egalariga yetkazildi.

Xususan, Elektr tarmoqlari boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi ham boshqarmada mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada bo’lgan 5 nafar ishchi-xodimlari xonadonlariga tashrif buyurishib, bayram hadyalarini topshirishdi. Bundan ko’ngillari tog’dek ko’tarilgan mehnat faxriylari e’tibor va saxovat uchun kombinat va Kasaba uyushmasi Kengashi rahbariyatiga rahmatlar aytishib, ezgu tilaklarini bildirishdi.

Rustam MAHMUDOV,

ETB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech