A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Siz qonunni bilasizmi?

on .

8 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan OKMK Texnik nazorat xizmati xodimlari o’rtasida "Siz qonunni bilasizmi" nomli ko’rik-tanlov tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar bosh qomusimiz haqidagi bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Tanlov davomida konstitutsiya bo’yicha  kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlyanov hamda TNX boshlig’i Tamara Shustovalar tomonidan ma’ruzalar o’qildi.

Tanlov yakunlariga ko’ra, TNX MTMZ jamoasi g’olib sifatida e’tirof etildi. Faxrli ikkinchi o’rinni esa TNX MBFning "QALQON" jamoasi egalladi.

TNX 2-MBFning "ADOLAT" jamoasi  esa uchinchi o’ringa sazovor bo’ldi.

G’oliblarga kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovrinlar hamda diplomlar takdim etildi.

G’ulom-Qodir Rayev,

TNX kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech