Taklif va shikoyat qutilari o’rganildi
OKMK Sanoat temir yo’l transporti ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni doimiy nazorat qilish, ularni muammolarini o’rganish hamda ularni bartaraf qilishda ko’maklashish maqsadida korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi mas’ullari haftaning har juma kunlari temir yo’l sexlariga chiqib, o’rganish ishlarini olib borishadi.
Ma’lumki, barcha sexlardagi oshxonalarda oshxonada tayyorlangan ovqatlar sifati bo’yicha taklif va shikoyatlar qutisi tashkil qilingan bo’lib, ushbu qutiga tashlangan murojaat va takliflar haftaning juma kunlari ochib, o’rganiladi.
Bugun ham boshqarmaning 1-, 2-, 3-temir yo’l sexlaridagi oshxonalarga o’rnatilgan taklif va shikoyatlar qutilariga tashlangan murojaatlar o’rganildi.
O’rganish davomida ishchi-xodimlar bilan suhbatlar o’tkazildi. Suhbat davomida ishchi-xodimlarning oshxona xususida hech qanday shikoyatlari yo’qligi bildirildi.
Obid Sarkayev,
STTB Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari.