A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Loyihachilar “Zakovat” g’olibi bo’ldi

on .

Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: “Savol so’rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo’ldir. Savol mavzuni yaxshi anglab yetishni ta’minlaydi va u ilmimizni oshirish bilan bir qatorda saviyamizni ham ko’rsatib beradi”.

Abu Yusufdan: “Bu bilimni qaerdan qo’lga kiritding?”, - deb so’rashganida, “Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so’rash bilan”, - deb javob bergan ekanlar.

So’nggi yillarda OKMK korxonalarida ishchi-yoshlar o’z kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirishlari, intellektual salohiyatlarini namoyon etishlari uchun bilimni charxlovchi savollarga boy bo’lgan turli kasb tanlovlari, intellektual o’yinlar keng quloch yozib bormoqda. Albatta, intellektual o’yinlar ichida eng yorqini shubhasiz, “Zakovat” intellektual o’yinidir.

Bilimli va iqtidorli kombinat yoshlarini yanada teran fikrlashga chorlovchi navbatdagi “Zakovat” bilimdonlar o’yini kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag’ishlab o’tkazildi va u Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi sexlarida mehnat qilib kelayotgan yosh ishchi-xodimlarni o’z atrofiga jamladi. Qizg’in mulohazali bahslar ostida o’tgan o’yinda 6 ta jamoa o’zaro kuch sinashdi. Natijalarga ko’ra, 1-o’rin IChAB loyihachilaridan tashkil topgan “Navi” jamoasiga nasib etdi. 2-o’ringa Axborot texnologiyalari xizmatining “Intel” jamoasi sazovor bo’ldi. 3-o’ringa ballari teng kelib qolgan “Etalon”, “Fortuna” va “Markaziy avtomatika laboratoriyasi” jamoalari ichidan g’olib jamoa qo’shimcha savollar orqali aniqlandi va unga “Markaziy avtomatika laboratoriyasi” jamoasi munosib topildi.

G’olib jamoalarga kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg’alar hamda IChABning 1-, 2- va 3-darajali diplomlari topshirildi.

Sherzod TURSUNOV,

IChAB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech