Kasaba uyushmasi xabarlari

Xotin-qizlar komissiyasi faoliyati oʻrganildi

on .

OKMK AJ xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi bosh psixologi, Xotin-qizlar komissiyasi raisi Viloyat Davletova kombinat korxonalari xotin-qizlar komissiyalari raislari bilan hamkorlikda Sanoat temir yoʻl transporti boshqarmasida boʻlishdi.

STTB Xotin-qizlar komissiyasi raisi Dilfuza Dushaboevaning 6 oylik ish faoliyati oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, qoniqarli deya baholandi.

Shuningdek, korxonaning koʻtarma transport uskunalari xizmatida ishlab kelayotgan xotin-qizlar bilan suhbat ham oʻtkazildi. Unda ularning muammo va takliflari tinglandi. Ayniqsa, ular uchun yaratilgan sharoitlar va koʻrsatilayotgan e’tibor uchun ayollar oʻz minnatdorchiliklarini ham bildirib oʻtishdi.

Viloyat Davletova STTBda yaratilgan sharoitlar va obodonlashtirish ishlarini alohida e’tirof etib, qolgan korxonalarda ham aynan STTBdagi kabi sharoitlar yaratilishi lozimligini ta’kidladi.

Obid Sarkaev,

STTB kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech