Kasaba uyushmasi xabarlari

“Istiqlol” BSO iyun oyining eng yaxshi oromgohi deb topildi

on .

Kecha @oromgohlaruz telegram kanali orqali iyun oyning eng kuchli 5 ta oromgohi o’rtasida onlayn tanlov tashkil etildi.

Tanlovda onlayn tarzda so’rovnoma orqali g’oliblar aniqlandi. Tanlovda "Yosh alangachi" oromgohi(“O’zbekneftgaz” AJga qarashli, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan), "Oqtosh" oromgohi(O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Bo’stonliq joylashgan), "Oq kema" oromgohi( O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashiga qarashli, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanida joylashgan (Qoraqalpog’iston Respublikasi dislokatsiyasiga kiritilgan), "Nilufar"(Tuproqqal’a tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan) oromgohlari ishtirok etishdi.

Shuningdek tanlovda “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJga qarashli, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Istiqlol oromgohi ham ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko’ra,5 ming 603 ta ovoz bilan “Istiqlol” oromgohi 2021 yil yoz mavsumi iyun oyining eng yaxshi oromgohi deb topildi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech