A- A A+

Press-konferensiya

Viloyatning faol yoshlari kombinatda

on .

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi, OKMK Axborot xizmati va yoshlar ittifoqi hamkorligida kombinatda press-tur tashkil etildi.

Press-turda viloyatimizning faol yoshlari bilan birga OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Viloyat yoshlari dastlab kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining ilk nuqtasi bo’lgan Qalmoqqir konida bo’lishdi. Press-tur ishtirokchilariga mazkur kon haqida batafsil ma’lumot berildi.

Konda amalga oshirilgan portlatish ishlari ham press-tur ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 

Tadbir ishtirokchilarining navbatdagi manzili yangi o’zlashtirilayotgan Yoshlik-1 koni bo’ldi.

Kombinat tarkibida istiqbolli kon sifatida e’tirof etilayotgan Yoshlik-1 konidagi qizg’in jarayon ham viloyatimiz yoshlarida katta qiziqish uyg’otdi.

Kombinat muzeyi bilan ham yaqindan tanishgan yoshlar OKMK haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishdi.

Shuningdek, press-tur doirasida kombinat yetakchi yoshlari va viloyat faol yoshlari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda kombinat rahbariyati tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik e’tirof etilib, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining tashakkurnomasi taqdim etildi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyatimizning faol yoshlaridan biri Risolatxon Maqsimovaning fikr-mulohazalari: - Prezidentimizning viloyatimizga tashriflari davomida o’tkazilgan sessiyada ishtirok etdim. Va davlatimiz rahbariga o’z taklifimni bildirdim. Viloyat televideniesini tashkil etish bo’yicha bildirilgan taklifim, davlatimiz rahbari tomonidan ma’qullanib, ushbu telekanalda o’zimni ishlashim lozimligini ham aytib o’tdilar. Hozir talabaman. Jurnalistlikka o’qiyapman. Bugun press-turda bir maqsadni oldimga qo’ydim. Televideniyeda ish boshlasam, albatta birinchi ko’rsatuvim kombinat haqida bo’ladi.

Press-tur davomida yoshlar va OAV vakillari kombinat faoliyati haqida o’z fikr mulohazalarini bildirishdi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech