Press-konferensiya

Xalqaro press klub kombinatda

on .

2021 yil 19 may kuni Xalqaro press klub uchun kombinatda media tur tashkil etildi. Media tur doirasida Xalqaro press klub raisi  Sherzodxon Qudratxo’ja va klub ijodiy xodimlari kombinatga tashrif buyurishdi.

Media turda yirik sanoat korxonasi bo’lgan OKMK faoliyatiga bag’ishlangan Xalqaro press klubning “Masofada” ko’rsatuvi ham suratga olindi.

Ko’rsatuv ijodkorlari dastlab kombinat muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so’ng, dunyodagi eng yirik konlardan biri bo’lgan Qalmoqqir konidagi qizg’in jarayon, zamonamiz qahramonlari bo’lgan konchilar suratga olindi.

Ijodiy xodimlarning navbatdagi manzili kombinat tarkibida istiqbolli kon sifatida e’tirof etilayotgan, investitsiyaviy loyiha asosida o’zlashtirilayotgan “Yoshlik-1” koni bo’ldi. Konda kechayotgan jarayon, kon texnikalari ijodkorlarda katta tassurot qoldirdi.

Texnologik transport boshqarmasining texnologik ishlab chiqarish jarayonini muvofiqlashtirish bo’limi faoliyati, kombinatda raqamlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar ham suratga olindi.

Yaqin kunlarda “Masofada” ko’rsatuvi  markaziy telekanallarda efirga uzatiladi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech