A- A A+

Press-konferensiya

Xondiza koni - yurtimiz ravnaqi yoʻlida

on .

Bugun Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati tomonidan “Xondiza koni -  yurtimiz ravnaqi yoʻlida” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v.b. Behzod Salimov, boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Axborot xizmati boshligʻi Umida Qarshiboeva, Xondiza kon boshqarmasi direktori Botir Xoʻjamurotov hamda Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Xondiza kon boshqarmasi tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida mazkur mehnat jamoasi faoliyati haqida batafsil maʻlumot berildi.

Xondiza konining polimetall rudalarini oʻrganish sobiq ittifoq davrida 1961 yildan 1974 yilgacha amalga oshirilgan. Boyitish va boyitish texnologiyasini ishlab chiqish uchun ma’danlarni tadqiq qilish 1970-2002 yillar davomida bir qator  institutlar tomonidan amalga oshirildi. Oʻzbekiston Davlat Geologiya qoʻmitasi ekspertlari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Xondiza koni polimetall ombori  deb atashadi. Uning umumiy zaxiralari 1,5 million tonna rux, 700 ming tonna qoʻrgʻoshin, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumushni tashkil etishi aniqlangan, - deydi B.Xoʻjamurotov. - 2006 yilning avgust oyida ushbu polimetall konini tadqiq qilish huquqi "Olmaliq KMK" OAJga topshirildi. Hukumat qaroriga koʻra, kon toʻliq kombinat tomonidan qayta ishlanishi belgilandi. 2007 yilning ikkinchi yarmida kombinat tomonidan konni oʻzlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi bundan 10 yil avval, aniqrogʻi 2011 yilning 6 may kuni kombinat tarkibida rasman oʻz faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunda Xondiza kon boshqarmasi Xondiza shaxtasi, boyitish fabrikasi, taʻmir-qurilish uchastkasi, moddiy texnik baza kabi tarkibiy boʻlinmalarga ega. Kombinat tarkibiy boʻlinmalari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Xondiza kon boshqarmasida 930 nafar ishchi-xodim mehnat qilib kelmoqda. Xondiza kon boshqarmasining Xondiza shaxtasida Ruda qazib olish yillik  loyiha quvvati 650 ming tonnani tashkil etadi.

Boshqarma tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan Boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvati soatiga 82,07 tonna, 1 kunlik quvvati esa 1850 tonnani tashki etadi.

Shuningdek, Xondiza kon boshqarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi Rux zavodining xom ashyo boʻlgan ehtiyojini ta’minlash borasida ham muhim ahamiyat kasb etganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida OAV vakillari tomonidan Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, bugungi kunda jahon bozorida rangli metallarning bahosi, ishchilar salomatligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kon boshqarmasiga ishchi-xodimlarni tayyorlab berish, kelgusidagi rejalar kabi masalalar boʻyicha berilgan savollarga mas’ullar batafsil javob berishdi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech