A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Yoshlar kuniga tabrik

on .

Qadrli va aziz yoshlar!

Sizlarni 30  iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Millatimiz umidi, kelajagimiz vorislari bo’lgan siz aziz yoshlar - yangi O’zbekistonning ertangi yorug’ istiqbolisiz.

Yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar ko’lami tobora kengayib borayapti. Joriy yilning “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi va ustuvor maqsadlarni ko’zlagan davlat dasturini ijroga qaratilishi bu boradagi xayrli amallar davomiyligini ta’minlamoqda.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ yoshlarga oid davlat siyosatini olib borishda doimo faol ishtirok etadi va korxona jamoasi safidagi ko’p ming sonli yoshlar mehnatini alohida qadrlaydi.  

Xabaringiz bor Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28 iyun kuni mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda malakali mutaxassislarni jamlab, mis sanoati klasterini tashkil etish bo’yicha chet el tajribasini chuqur o’rganish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatish, geologiya va kon-metallurgiya sohasini rivojlantirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Endilikda mis sanoati klasterining har bir bo’g’ini uchun oliy ma’lumotli muxandis-texnolog hamda ishchi mutaxassislarni tayyorlash, shu maqsadda, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish ishlari olib boriladi.

Mis sanoati klasterining tashkil etilishi shubhasiz, Siz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ushbu ustuvor va istiqbolli vazifalarni amalga oshirishda bizga albatta, chuqur bilimga ega, izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar kerak. Men ishonamanki, orangizda biz izlayotgan, yangi g’oya va ilmlari bilan jamiyat rivojiga hissa qo’shishga tayyor yoshlar juda ko’p. Biz sizlarni qo’llab-quvvatlashga doim tayyormiz.    

Kuni kecha muhtaram yurtboshimizning farmonlari bilan sizlarning tengdoshingiz Rux zavodi kimyoviy ishlab chiqarish laboratoriyasi guruh rahbari Nargiza Otaqulovaning “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangani ham barchamizni g’ururlantirdi.

Aziz yoshlar, barchangiz o’z mehnatingiz va izlanishlaringiz natijasini albatta ko’rasiz. Hamisha oldinga va yangi marralar sari intilishdan to’xtamang.    

Sizlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o’qing, izlaning. Zero Vatanimiz taqdiri sizlarning qo’lingizda. Buyuk ajdodlarimizning munosib avlodlari bo’lib yetishishingizga ishonchim komil. Yoshlar kuni bilan muborakbod etib, sizlarga mustahkam sog’lik, o’qish ishlaringizda yuksak marralarni zabt etishni tilayman.

Abdulla Xursanov

OKMK boshqaruvi raisi,

senator

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech